"Atletiko" 2017/18 yilgi mavsumdan beri ilk bor ECHL 1/8 finaliga chiqa olmadi, o'sha yili jamoa ELda g'olib bo'lgandi
27 okt 2022 08:55
Yangiliklar


"Atletiko" 2017/18 yilgi mavsumdan beri ilk bor ECHL 1/8 finaliga chiqa olmadi, o'sha yili jamoa ELda g'olib bo'lgandi
"Atletiko" CHempionlar ligasi pley-offiga chiqish imkoniyatlaridan mahrum bo'ldi.
Diego Simeone jamoasi 5-turda "Bayer" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
5 ta o'yindan so'ng 5 ochko jamg'argan madridliklar endi guruhda ikkinchi o'rinni egallab turgan "Portu"ni (9 ochko) quvib eta olmaydilar.
"Atletiko" 2017/18 yilgi mavsumdan beri ilk bora ECHL guruh bosqichida qolib ketdi. O'shanda jamoa uchinchi o'rinni egallab Evropa ligasiga yo'l olishgan va yakunda ushbu turnir g'olibi bo'lishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar