“Atletik” Laportani ketishini tasdiqladi, “Man Siti” uni 65 mln evroga xarid qiladi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2018, 22:27
Ispaniyaning “Atletik” klubi rahbariyati himoyachi Emerik Laportning jamoadan ketishini ma'lum qildi.

23 yoshli futbolchi o'z shartnomasida ko'rsatilgan banddan unumli foydalanib qoldi. Yani, Laportni xarid qilish istagida bo'lgan klub “Atletik”ka 65 million evro transfer summasini to'lashi shart edi.

Ma'lumotda aytilishicha, yaqin kunlarda himoyachi “Manchester Siti” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bugun Laport “Atletik” muxlislari bilan xayrlashib, barchasi uchun minnatdorchilik bildirdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif