"Atletik" himoyachisi Laport "Real"da o'ynash uchun "Barselona"ga rad javobini berdi

Aslanov Jasurbek
16 sen 2017, 11:16
"Atletik" himoyachisi Emerik Laport "Real"da o'ynashni istagani uchun "Barselona" taklifini rad etdi.

"Qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidanga 23 yoshli fransiyalikning o'yini yoqadi, u futbolchini o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Laport hamda "Atletik" o'rtasidagi shartnoma 2020 yilgacha amal qiladi. Yozda himoyachiga "Manchester Siti" da'vogarlik qilgan edi.

Joriy mavsum Laport LaLiganing 3 ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon