Atletik De Markos uchun CHelsidan 40 mln evro so'ramoqda
06 okt 2016 12:18
Yangiliklar
Atletik De Markos uchun CHelsidan 40 mln evro so'ramoqda
CHelsi yanvar oyida Atletikning universal yarim himoyachisi Oskar De Markosni sotib olmoqchi.
27 yoshli futbolchiga London klubi 4 yillik shartnoma taklif qildi. Unga ko'ra De Markosning maoshi ikki baravar ko'payadi. Bask klubi futbolchini kamida 40 million evroga sotmoqchi. De Markosning Atletik bilan tuzgan shartnomasida tovon puli aynan shuncha qilib belgilab qo'yilgan. Futbolchining shartnomasi 2019 yil yozida tugaydi.
Yarim himoyachi bu mavsum Ispaniya chempionatining 6ta o'yinida 1ta golli pas oshirdi.
Fikrlar