So’nggi yangiliklar

11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  0 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  31 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  128

"Atalanta"da barchasi joyida emas. Gasperini o'zi qurgan narsani barbod qilmoqda Yangiliklar

"Atalanta"da barchasi joyida emas. Gasperini o'zi qurgan narsani barbod qilmoqda

Mutaxassisning hozirgi klubidagi muammolari.

Jan Pero Gasperini "Atalanta"ni 2016 yilning iyunida qabul qilib oldi. Bergamoliklar mutaxassis bilan o'shandan beri ko'p yaxshi lahzalarni o'tkazishdi. Masalan, Gasperini 2017 yilda "Atalanta"ni evrokuboklarga olib chiqdi — 27 yilda ilk bor.


Bergamoliklar 2019 yilda tarixlarida ilk bor CHempionlar ligasi pley-offiga chiqishdi. "Atalanta" ketma-ket uch yil Italiya chempionatida 3-o'rinni egallashdi va bu klub uchun katta natijadir.



Gasperini qo'l ostida "Atalanta" nafaqat yangi marrani zabt etdi, balki jozibali futbol ko'rsatdi. Bu jamoa Evropa bo'ylab yangi muxlislar orttirishga yordam beradi. Gasperini 2019 yilning iyun oyida Bergamoning faxriy fuqarosiga aylandi.


Bu yillar davomida mutaxassisda shahar bilan o'zgacha aloqaga o'rnatildi. "Atalanta"ning barcha muvaffaqiyatlari u bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Ammo, so'nggi vaqtlar klub ichida g'alati voqealar sodir bo'lmoqda. Va barchasida bosh murabbiyning nomi kelib chiqmoqda.


Ilk katta janjal 2020 yilning so'nggida ro'y berdi. Gasperini o'sha paytdagi jamoa sardori Alexandro Gomes bilan janjallashdi. Mojaro "Midtyulland"ga qarshi CHempionlar Ligasi o'yini vaqtida avj oldi. Futbolchi murabbiyning ko'rsatmasini qilishdan bosh tortdi va o'yin poziciyasini o'zgartirmadi.



Argentinalik ikkinchi taymda maydonga chiqmadi. Keyinroq u va murabbiy o'rtasida janjal bo'lganini aytdi. Gomesning so'zlariga ko'ra, Gasperini mojaroni kuch bilan hal qilmoqchi bo'lgan. Vaziyat deyarli falokatga aylandi.


Ushbu voqeadan so'ng Gomes deyarli maydonda ko'rinish bermadi. Gasperini buni konflikt bilan emas, xavbek jamoa uchun foydasiz bo'lib qolgani bilan izohladi. Argentinalik bunga javoban ijtimoiy tarmoqqa uning boshqa o'yinlardagi turli poziciyalari aks etgan suratlarni joylashtirdi.


Futbolchi murabbiyni eshitmasdan ayb ish qilganini tan oldi. O'yinchi murabbiy oldida kechirim so'radi, u kechirmadi. Insayd va Gomesning so'zlariga ko'ra, Gasperini kelishishni xohlamadi, aksincha, mojaroni qo'zg'atgan. Klub rahbariyati mutaxassis tarafini oldi.


Gomesda "Atalanta"tan ketishdan boshqa variant qolmadi. Xavbek 2021 yilning yanvarida "Sevilya"ga o'tdi. Bergamoliklar nafaqat sifatli o'yinchi, balki undan muhimrog'i bo'lgan jamoa etakchisini yo'qotishdi. Bundan bir oydan so'ng yangi kelishmovchilik boshlanishiga sal qoldi.


Gasperini barchaning ko'z o'ngida Yosip Ilichichga qattiq tanbeh berdi, garchi bundan oldin shaxsiy muammolar sabab futbolchini omma oldida qo'llab-quvvatlagan bo'lsa ham. SHunday fikrlar borki, sloveniyalik mutaxassisning Gomes bilan bo'lgan ziddiyatida argentinalik tarafini olgani uchun unga nisbatan gina-kuduratni saqlab qolgan.


Bir muddat klubdagi vaziyat tinchidi va bu Aleksey Miranchuk kelishigacha davom etdi. Bu transfer Gasperini va "Atalanta" rahbariyati o'rtasidagi kelishmovchilikka sabab bo'ldi. Bergamoliklar futbolchi uchun deyarli 15 million evro to'lashdi — bu ular uchun katta mablag'.


Ammo, xavbek 2 yil davomida asosiy tarkibda atigi 11 marta maydonga tushdi. Mutaxassis o'yinchiga ishonch bildirmasligini ochiqchasiga malum qildi, ammo uni boshqa jamoaga qo'yib yubormadi. Klub esa buni tushunmadi.


Miranchuk baribir "Atalanta"ni tark etdi va ijara asosida "Torino"ga o'tdi. Gasperini agar Turinda barchasi yaxshi bo'lsa, futbolchiga qaytmaslikni maslahat berdi. O'z o'yinchisiga qilingan eng yaxshi murojaat emas. Ammo, oldin bundan yomonrog'i ham bo'lgan.


Bergamoliklar bosh direktori Luka Perkassi Miranchuk murabbiy qaroriga ko'ra klubdan keta olmaganini malum qildi. Mutaxassis buni xato deb atadi va rahbariyat futbolchining taqdirini hal qilganini aytdi. Mavsum startida bosh direktorni yolg'on gapirishda ayblash — yaxshi g'oya emas. Ammo, bu bilan barchasi tugamadi.


Yaqinda OAVda Gasperini mavsumoldi mashg'ulotlarida Ruslan Malinovskiy bilan janjallashgani haqida malumot paydo bo'ldi. SHundan so'ng ukrainalikning "Atalanta"dan ketishi mumkinligi malum bo'ldi. Futbolchi A Seriyaning yangi mavsumida ikkita o'yinda bitta gol va bitta assist qayd etdi.



Mutaxassis yaqinda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida xavbekka ishi uchun minnatdorchilik bildirdi. SHu bilan birga u bergamoliklar bir mavsumda oltitadan ko'p gol urishi mumkin bo'lgan o'yinchi izlayotganini aytdi. Malinovskiy esa o'tgan mavsum A Seriyada aynan shuncha samarali harakat qilgan edi, shu sabab italiyalik kimni nazarda tutgani malum bo'ldi.


SHu Malinovskiy o'tgan mavsum yakuniga ko'ra A Seriyaning eng yaxshi assistenti bo'ldi va jamoaga samarali harakatlari bilan yordam berishda davom etmoqda. Ko'pchilik murabbiylar tarkibni kuchaytirish muhimligi haqida gapirishmoqda. Ammo, Gasperini o'z jamoasi sifatida va rahbariyatning transfer bozoridagi ishidan noroziligi ochiqchasiga aytmoqda.


Bergamoliklar har doim birinchi navbatda o'zlarining birligi va jamoaviy ruhi bilan ajralib turishgan. Hozir esa bu narsa ularda yo'q.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика