“Atalanta” joriy mavsum gol urish bo'yicha faqat “Bavariya”dan ortda qolmoqda
15 iyu 2020 09:21
Yangiliklar
“Atalanta” joriy mavsum gol urish bo'yicha faqat “Bavariya”dan ortda qolmoqda
“Atalanta” Italiya A Ceriyasining 33-turida “Breshiya”ni 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Natijada “Atalanta”ning joriy mavsum A Ceriyadagi gollari soni 93 taga etdi. Bergamo klubidan oldinda top-5 chempionatlari vakillari orasida faqat “Bavariya” bor. Myunxen klubi Bundesliganing 34 ta o'yinida 100 ta gol urdi.
So'nggi 60 yil davomida A Ceriya doirasida “Atalanta”dan ko'proq gol urishga faqat “Napoli” erishgan. Neapolliklar 2016/17 yilgi mavsumda 94 ta gol urgandi.
Fikrlar