

Manbaga ko'ra, “Atalanta” futbolchilari ikki qutbga bo'lingan – ayrimlari jamoa ustozi Jan Pero Gasperini tomonda, qolganlari esa undan norozi. Gasperini Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida “Ayaks”ga qarshi bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvdan so'ng iste'foga chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bergamoliklar sardori Alexandro Gomes YCHL avvalgi turida Gasperini bilan tortishib qolgandi. “Mityulland”ga (1:1) qarshi bahs ilk taymida murabbiy Gomesdan hujumning o'ng qanotida o'ynashi kerakligi aytgan, ammo 32 yoshli argentinalik bunga rad javob qilgan va bu stadionda muxlislar bo'lmagani sabab o'yin translyatsiyasi davomida eshitilgan. Gasperini tanaffusda Gomesni Yosip Ilichichga almashtirgan. Alexandro esa kiyim almashtirish xonasida qolib, o'yinni kuzatish uchun chiqmagandi.



