"Aston Villa" Grilishning narxini malum qildi
03 dek 2020 14:10
Yangiliklar


"Aston Villa" Grilishning narxini malum qildi
"Aston Villa" rahbariyati yarim himoyachi Jek Grilishning sotuvidan qancha ishlab olishni xohlayotgani malum bo'ldi.
Klub 25 yoshli futbolchini 100 million funt (~110 million evro)ga baholamoqda. Oldinroq xavbekka Manchesterning ikki klubi qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Grilish Birmingem klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jek "Aston Villa"ning asosiy jamoasida 2012 yildan beri o'ynaydi.
Yarim himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar