So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  307 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  2 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  3 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  0 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  1 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  10 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  97 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  9 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  4

"Aston Villa" etakchisi yirtiq butsalarda maydonga tushdi va uning jamoasi APLga chiqdi Yangiliklar

"Aston Villa" etakchisi yirtiq butsalarda maydonga tushdi va uning jamoasi APLga chiqdi

Teglar :  Aston Villa APL
"Aston Villa" "Derbi Kaunti"ni mag'lub etib, uch yillik tanaffusdan so'ng APLga qaytdi.

Jamoaning asosiy yulduzi - Jek Grilish hal qiluvchi bahsda gol urmadi, ammo omadli butsalarida o'ynadi va uning fikricha, bu oyoq kiyim jamoaga g'alaba keltirgan. U butsalarni mart oyidan beri kiyadi.

Bu Nike Phantom III. Grilish "Derbi"ga qarshi mehmondagi bahsda (4:0) jarohat olganidan so'ng shu butsalarni kiyadi va hozirgacha almashtirgani yo'q. "Aston Villa" mavsumni juda ajoyib yakunladi: 12ta g'alaba (10tasi seriyali), bitta durang va ikkita mag'lubiyat.

"Lids" bilan durangdan so'ng Grilish butsalarini mavsum oxirigacha almashtirmaslikka qaror qildi: Natija: "Villa" APLga chiqdi.

"Jarohatdan qaytdim va bu butsalarda juda yaxshi harakat qildim. Gol urdim, pas berdim, bularning hammasiga omadli butsalarim sababchi deb o'ylayman. Ularda mavsumning hal qiluvchi uchrashuvini o'tkazdim.

Bahs qiyin o'tdi. APLga chiqish men uchun ko'p narsani anglatadi. Bu klub qaerda o'ynashi kerakligini bilamiz.

"Aston Villa" Premer-ligani tark etganidan so'ng, jamoada qoldim va endi ligaga qaytdik. Bolaligim jamoasini APLga olib chiqdim" - deydi Grilish.


Jekning kumiri - Jorj Best


Grilishning faoliyati juda qiziq. U 15 yoshida Sky Sports kanali orqali Jorj Bestga atalgan hujjatli filmni ko'rib qoladi. Jek maydonda va uning tashqarisida ko'pchilik tarixdagi eng buyuk futbolchi deb hisoblaydigan va "beshinchi bitl" laqabini olgan shimoliy irlandiyalikka taqlid qila boshladi.

23 yoshli futbolchi Irlandiya terma jamoasiga borishni istamasligi yagona mojaro emas. U kumiri Jorj Bestga taqlib qilib, "quvnoq gaz" qabul qilishda qo'lga tushgan va Tenerife ko'chalarida xushsiz topilgan.

Bu qiliqlar yaxshi pul topadigan o'smir uchun noodatiy holat emas. Ammo u o'z vaqtida to'xtadi va borini futbolga bag'ishladi.


Hozir Grilish - jamoa etakchisi, "Tottenxem" uni qo'lga kiritish niyatida, ammo Jekning o'zi kelasi mavsum "Villa"da qolsa kerak. Derbi paytida uning oyoqlariga tepishdi, Grilish esa bunga aniq zarbalar bilan javob berdi.

Grilish joriy mavsum asosiy tarkibda 34ta uchrashuv o'tkazdi: 6ta gol, 7ta golli pas, u o'z jamoasining 14% gollarida ishtirok etdi. WhoScored malumotlariga ko'ra, angliyalikning paslari aniqligi 87%, o'rtacha baho esa 7,42.

Jekning transfer narxi ham sezilarli darajada oshdi: 2 yil oldin 5 mln. evroga baholangan futbolchining hozirgi narxi 20 mln. evro.

"Villa" mening klubim. Maqsadim - asosiy tarkib futbolchisiga aylanib, iloji boricha ko'proq maydonga tushish. Siz yigitchaligingizda "Villa"ga kelib, ko'p ter to'ksangiz va akademiya zinasida yuqoriga ko'tarilsaniz, asosiy jamoada o'ynash kerak deb hisoblaysiz. Maqsadga erishganingizdan so'ng esa ko'prog'ini xohlab qolasiz. Ko'p ter to'kib, asosiy jamoa futbolchisi nomiga mos o'yinchi bo'lmoqchiman" - degan edi Jek bir necha yil oldi.

Finalda "Aston Villa" g'olib bo'ldi. Ularga yaqin uch yil ichida kamida 180 mln. funt to'lab beriladi: APLdan 97 mln. funt, parashut to'lovlar 78 mln. funt hamda Angliya futbol ligasidan 5 mln. funt bonus.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика