"Astana"dagi o'zbeklar kimlar bo'ladi?
04 dek 2013 14:12
Yangiliklar

"Astana"dagi o'zbeklar kimlar bo'ladi?
"Astana" boshqaruvini qo'lga olgan Vadim Abramov o'z intervyularida O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisini tarkibga jalb qilishi mumkinligi haqida aytib o'tgandi.
Bugun "SA" ofisiga tashrif buyurgan murabbiy mazkur savolimizga javob berdi.
"Yaqinda jamoa bilan tanishaman. O'zbekistondan o'zimga tanish bo'lgan futbolchilar ichida Aleksandr Geynrix bilan Islom To'xtaxo'jaevni kengaytirilgan tarkibimga kiritganman. Geynrix ular ichida birinchi o'rinda turibdi. Bu futbolchi doim ham o'z imkoniyatini to'liq ishga solmaydi. O'zbekiston terma jamoasini boshqarganimda u eng zo'r o'yinchilarimdan biri edi. "Aktobe" u bilan shartnomasini uzaytirmas ekan, men uni jamoamizga qabul qilishga tayyorman. Yana legionerlar bo'ladimi? Avvalo mahalliy futbolchilar bilan yaqindan tanishishim kerak. Legioner futbolchini har doim topsa bo'ladi. Ammo maqsad "Astana"ni rivojlantirish ekan, avvalo qozog'istonlik futbolchilarga etibor qaratishim kerak deb o'ylayman. Qolaversa ular Qozog'iston terma jamoasi uchun ham asqotishlari mumkin", - deydi Vadim Karlenovich.

Fikrlar