So’nggi yangiliklar

13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  8 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10

Asror Aliqulov: "Murtozaevning diskvalifikaciyasi 3 ta o'yinligini uchrashuv kuni bildik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Murtozaevning diskvalifikaciyasi 3 ta o'yinligini uchrashuv kuni bildik"

O'zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Mashal" - "Qizilqum" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Qizilqum" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Mehmonlar bugungi o'yinda himoyaviy uslubni tanlashdi. Raqibning qarshi hujumlarida xatoga yo'l qo'ymaslikka urindik. Dastlabki golli vaziyat bizning jamoa tomonidan yaratildi, biroq foydalana olmadik. Aksincha "Qizilqum" jamoasi hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlarni amalga oshirdik, mag'lubiyatdan qutulish uchun choralarni qo'lladik. Hisobni tenglashtirishga erishdik, biroq qo'shimcha bo'limlarda mahoratli futbolchilar etishmagani sabab ikkita gol o'tkazib yubordik. 

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarning faolligi o'yinda hisob tenglashishiga sabab bo'ldi. Asosiy vaqtda har ikki jamoa teng o'yin namoyish etayotgandi. Qo'shimcha bo'limlarda jamoangiz yigitlari charchab qolishdimi?

- Gol urgan vaziyatimizda zaxiradan qo'shilgan futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Superliga jamoasiga qarshi himoyani zich ushlashga harakat qildik, biroq bizga ozroq tezlik etishmadi. Bunda faqat tez yugurishni emas, tez fikrlashni ham nazarda tutayapman. Hozirgi futbol maydonda barqarorlikni talab etadi. Bir-ikki vaziyatda o'zini ko'rsatib keyin maydonda ko'rinmay qolish orqali g'alabaga erishish qiyin.

- "Qizilqum" bugun zaxira darvozabonisiz va legionerlarsiz o'ynadi. "Qizilqum"ni mahalliy futbolchilardan iborat tarkibining ham "Mashal"dan ustun jihatlari bormi?

- O'yin tengma-teng o'tdi. Futbolda mahorat va noodatiy fikrlash darajasi baribir seziladi. Biz raqib futbolchilarni ham o'rgandik. Xatolar bo'ldi, futbolchilarning charchab qolgan holatlari ham bo'ldi. Muhammadali G'iyosov, keyinchalik Fayzullo Jumanqo'zievning o'yinga qo'shilishi "Qizilqum" hujumlarini kuchaytirdi. To'pni tepib yuborish qiyin ish emas, balki o'sha gol o'tkazib yuborilgan vaziyatlarda himoyachilar charchab qolishgandir.

- "Mashal"da qo'shimcha bo'limlar rejasi bormidi?

- Yo'q, biz buni reja qilmagandik. Aslida hujumga Xumoyun Murtozaevni tushirishni maqsad qilgandik, biroq uning diskvalifikaciyasi bugungi uchrashuvni ham o'tkazib yuborishiga sabab bo'ldi. Oldingi uchrashuvda uning licenziyasini qaytarib berishgandi. Biroq, o'yinga yaqin qolganda u bugun ham o'ynamasligi malum bo'ldi. Qisqa fursat ichida boshqa hujumchini maydonga tushirishga to'g'ri keldi. Balki Murtozaev o'ynaganida hujumdagi imkoniyatlarimiz yanada ko'proq bo'lardi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика