So’nggi yangiliklar

18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  0 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9

Asror Aliqulov: “Uchrashuv davomida ikki xil bo'limlar guvohiga aylandik” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Uchrashuv davomida ikki xil bo'limlar guvohiga aylandik”

Pro liganing 20-turidan o'rin olgan “Mashal” - “Xorazm” (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Uchrashuv davomida ikki xil bo'limlar guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda “Xorazm” jamoasi urg'uni himoyaga qaratdi, qarshi hujumlarni maqsad qilgan holda o'yin tashkil etdi. Biz 2 ta to'p farqi bilan oldinga chiqqanimizdan so'ng “Xorazm” vakillari oldingi chiziqda o'ynay boshlashdi. Bizda parokandalik va xatoliklar ko'zga tashlana boshladi. Qarshi hujumlardan foydalansak bo'lardi, biroq mahorat etishmadi. G'alaba bilan barchani tabriklayman va yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. 

- “Mashal” avvalgi o'yinda “Xorazm” bilan durang natija qayd etgandi. O'sha o'yin va bugungi uchrashuvda qanday farqli jihatlarni ko'rdingiz?

- “Xorazm” jamoasi safida Superligada harakat qilgan nomlar bor. Ular o'z maydonlarida ishonch bilan harakat qilishgandi. Biz o'sha o'yinga yo'qotishlar bilan borgandik. Qarshi hujum va tezlik evaziga g'alabani maqsad qilgandik. Birinchi bo'limda rejalarimiz o'xshadi.

- Qaydnomada 3 ta hujumchi ko'rsatilgandi. Bunga sabab nima edi?

- Yo'qotishlar sabab shunday tarkibni tanladik. Jamoa hujumchilari ham ko'proq qanotda harakat qilishdi. 

- Demak, hujumchilar yarim himoyachi vazifasini ham bajarishdimi?

- Albatta. Ular tarkibimizdan kelib chiqib yarim himoyada ham o'ynashdi. Futbolchilarimizda jarohatlar bor edi.

- Siz ham futbolda himoyachi bo'lgansiz. Bugungi o'yindagi kabi avtogol sizning ham faoliyatingizda bo'lganmi?

- Ko'pincha chapaqay futbolchilarda bunday holat uchrab turadi. Mening ham futbolchilik faoliyatimda avtogol bo'lgan. Lekin oddiyroq holat edi. 

- “Mashal” turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi. “Xorazm” jamoasi quyi uchlikda borayapti. SHundan kelib chiqsak, bugun jamoa yirik hisobda g'alaba qozonishi kerak edi …

- “Xorazm” jamoasining tarkibi yomon emas. Ular “Do'stlik” bilan o'yinda ozroq etiborsizlikka berilishdi. Qolgan o'yinlarda hech bir raqibdan qolishmayotgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика