So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  0 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Asror Aliqulov: "Safimizda Pro liga bahslariga tayyor bo'lmagan futbolchilar ham bor" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Safimizda Pro liga bahslariga tayyor bo'lmagan futbolchilar ham bor"

Pro liga 1-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Istiqlol" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.

"Qisqa vaqt ichida vodiyning uchta jamoasiga qarshi o'ynadik. Vodiy jamoalari doim oxirigacha kurashadi va hisobga qaramasdan hujum qilishni yoqtirishadi. Bugun ham buni yana bir isbotini ko'rdik. Murabbiy futbolchilarning imkoniyatidan kelib chiqib taktika qo'llaydi. "Istiqlol" bilan o'yinda ikki xil taym guvohiga aylandik. Raqib jamoa murabbiylari ikkinchi bo'limda bo'ydor hujumchini maydonga tushirdi. Biz bunga qarshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Lekin, ushbu hujumchini asosiy tarkibdan joy olishini tahmin qilgandik. SHuningdek, ular uzun paslar bilan o'ynashini bilgandim. 

"Istiqlol" futbolchilari ko'proq qanotlardan uzun paslarni berishadi. Bu ularning ustunligi deb o'ylayman. Kubok bahsida qizil kartochka olgan Jasur Xolto'raevni maydondagi o'rni katta. Bugun uni o'rnida harakat qilgan boshqa futbolchi jamoaviy o'yinga kirishib keta olmadi. Kerakli paytda ular bir-birini o'rnini to'ldirishni bilishi kerak. Jamoamizda 25 nafar futbolchini shug'ullantiramiz. SHunaqa qiyin pallalarda ular ham o'zlarini ko'rsatishi kerak. O'zim futbolchilik faoliyatimda himoyachi bo'lganim uchun jamoadagi himoyachilarga raqib hujumchsini qanday to'xtatish va zararsizlantirish haqida ko'rsatmalar beraman. Imkon darajasida o'rgatyapmiz. Mening fikrimcha, futbolda himoyaviy va hujumkor o'yinni uyg'unlashtirish lozim. CHunki, o'yin davomida qaerdadir himoyalanishga yoki aksincha hujum qilishga to'g'ri keladi.

Birinchi navbatda o'zim qashqadaryolikman. SHu bois bu viloyat jamoalariga yon bosaman. Oldindan biror narsa deyish qiyin. Jamoadagi futbolchilarni katta futbolga tayyorlashni ham zimmamizga olganmiz. Safimizda Pro liga bahslariga tayyor bo'lmagan futbolchilar ham bor. SHu bois qiladigan ishlarimiz ko'p.

O'yin jihatdan "Istiqlol" o'tgan yilgiga o'xshash. Murabbiy o'zgargani bilan o'yin uslubi saqlanib qolinganligi ko'rinib turibdi.

"SHo'rtan" uchun barcha jamoalar jiddiy raqib. Hozirgacha uchta jamoa bilan o'ynadik, ko'rdik. Qolgan jamoalarni o'yinlarini videoyozuvlar orqali kuzatyapmiz. Hamma jamoalarni kuchi teng", - deydi Asror Aliqulov. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика