Asror Aliqulov: "Qo'qon-1912"ga qarshi durang unchalik ham yomon natija emas"
08 okt 2024 21:03
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Qo'qon-1912"ga qarshi durang unchalik ham yomon natija emas"
- O'yin haqida
- Qo'qonliklarni o'rganib chiqqandik. Bugungi asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish edi. "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'yinlardagi natijamiz unchalik ham yaxshi emas. "Qo'qon-1912" bugun qarshi hujumlarga tayanishi taxmin qilingandi. Kamroq to'p yo'qotishni rejalashtirgandik. Ammo baribir gol qo'yib yubordik. Ikkinchi bo'limda kerakli ko'rsatmalarni berdik.O'ylaymanki, ikkinchi taymda yigitlar borlarini berishdi. O'yin oxiriga yaqin gol urishni uddaladik. Oxirgi sekundlarga qadar kimdir g'alabani ilib ketishi mumkin edi. "Qo'qon-1912"ga qarshi durang unchalik ham yomon natija emas.
- Ikkinchi bo'limda Nurmuhammad Toshpo'latovni maydonga tushirdingiz, ammo 20 daqiqa o'tmasdan u yana zaxiraga olindi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Nurmuhammad Toshpo'latov jamoaga olinganda unda jarohat bor edi. Mashg'ulotlarda u o'sishga erishdi, jarohatini tikladi. Lekin Nurmuhammad bugungi o'yinning shijoati, tempiga biroz kirishib keta olmadi. Bizga gol kerak edi. SHu sababli taktik o'zgarishga qo'l urdik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar