Asror Aliqulov "Mashal"ga qaytdi
12 jan 2018 15:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/299560_original.jpg)
![](/upload/storage/299560_220.jpg)
Asror Aliqulov "Mashal"ga qaytdi
Futbolchilik faoliyati davomida, O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Mashal”, “Nasaf”, “SHo'rtan”, “Dinamo” va “Paxtakor” jamoalarida to'p tepgan mutaxassis Asror CHorievich endilikda “Mashal”ga qaytdi.
Ayni vaqtda yurtimizda barcha jamoalar yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik olib borishmoqda. "Mashal" jamoasi va yoshlari ham o'quv yig'in mashg'ulotlarini davom ettirishmoqda. Endilikda Aliqulov "Mashal" o'rinbosarlariga bosh murabbiylik qiladi. "Umid qilamizki, yoshlarimiz Asror Aliqulov boshchiligida ajoyib natijalarga erishadilar", - deyiladi klub rasmiy saytidagi xabarda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar