So’nggi yangiliklar

15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  1 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  20 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  3 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  15 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  12 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  12 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  9 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  9

Asror Aliqulov: “Mashal” tarkibini kuchaytirishimiz kerak" Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Mashal” tarkibini kuchaytirishimiz kerak"

A Pro-Liga 28-turidan o'rin olgan “Neftchi”- “Mashal” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov saytimizga intervyu berdi.

- Asror aka, avvalambor saytimiz vakillari va o'quvchilari nomidan chempionlik bilan tabriklaymiz! Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Tabrik uchun rahmat! Bugungi o'yin haqida nima deyish mumkin? “Mashal” A PRO-Ligada g'olilikni qo'lga kiritdi, jamoamiz tarkibi yosh, chempionlik qo'lga kiritlgandan keyin ularda ishtiyoq yo'qolib qolishi mumkin. Staionga nechta tomoshabin ashrif buyurishidan qatiy nazar biz doim muxlislar uchun maydonga chiqamiz, o'ynaymiz, g'alaba uchun kurashamiz. Yosh futbolchilar o'yindan o'yinga o'sib borishi va safar uchrashuvlariga o'zlarini tayyorlashi kerak. CHunki endi, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdik, bu ikki turnir saviyasida farq bor albatta. Har bir uchrashuv oddiy emasligi, xuddi finaldek maydonga chiqishni jamoamiz yosh futbolchilariga singdirishimiz zarur deb hisoblayman.
Bugun g'alaba qozonishdi maqsad qilgan edik, yigitlar harakat qilishdi, biroq yakunda mag'lubiyatga uchradik. “Neftchi” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yinga to'pni nazorat qilish, qisqa uzatmalar orqali hujum tashkil etishni maqsad qilgandik, biroq maydon sifati o'z uslubimizni to'la namoyish etishga imkon bermadi.

- Jamoangizni tarkib jihatidan Superligaga qay darajada tayyor deb hisoblaysiz?
- Jamoamiz tarkibi juda yosh, bu tarkib bilan Superligada juda qiyin bo'ladi, xatto bu tarkibimiz bilan yuqori elitada “jon saqlab qolish” imkoniyati ham juda past. CHunki yosh futbolchilar butun mavsum davomida turg'un o'ynab keta olmaydi. O'ylaymanki, bugun biz bilan PRO-Ligada o'ynab chempion bo'lgan yigitlar tarkbimizda qolib, biz bilan Superligada ham o'ynashadi. Lekin jamoamiz tarkibiga tajribali futbolchilarni jjalb etish borasida selekciya ishlarini olib borishimiz zarur deb hisoblayman.

- “Mashal” infratuzilma jihatidan Superliga talablariga javob bera oladimi?
- Infratuzilma jihatidanmi? Klub bazasi va stadioni Superliga talabalarga javob bera oladi deb o'ylayman. “Mashal” ilgarigi Oliy liga bahslarida ishtrok etgan va bu borada bizda zamin shakllangan. Endi masalaning boshqa tomonlari ham bor, xomiylar tomonidan qo'llab-quvvatlansa, albatta “Mashal” Superligada raqobatbardosh va yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика