So’nggi yangiliklar

15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11

Asror Aliqulov "Mashal" futbolchisi uchun mavsum tugaganini aytdi Yangiliklar

Asror Aliqulov "Mashal" futbolchisi uchun mavsum tugaganini aytdi

Pro-liganing 14-turi doirasida "G'ijduvon" bilan o'ynalgan durangdan keyin "Mashal" bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.


- O'yin to'laqonli bizning ustunligimiz ostida o'tdi. To'p bilan ko'proq bo'ldik. Agarda ilk daqiqalarda yaratgan vaziyatimizni golga aylantirganimizda o'yin osonroq o'tgan bo'lardi. Afsuski undan gol ura olmadik. "G'ijduvon" katta kuch bilan himoyalandi, vaqt cho'zishga harakat qildi. Biz esa o'yin oxirigacha g'alaba uchun harakat qildik, vaziyatlar yaratdik. Ammo hujumchimiz 3 metrdan ham darvozani ishg'ol qila olmadi. SHu sababli bugungi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Endi bu tarix. Keyingi o'yinga tayyorlanamiz. 

- Gol urish uchun jamoaga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Ko'proq mahorat etishmadi. CHunki birga-bir vaziyatlarda gol urish uchun nima kerak? Mashg'ulotlarda bu borada ko'p ishlaymiz. Afsuski futbolchi o'ziga bog'liq bo'lgan jihatni chiqarib bera olmadi. Bu futbolchining mahoratiga bog'liq. Balki mahoratini namoyish qilib bera olganida, bugun g'alaba qozonishimiz mumkin edi. 

- To'purar futbolchi Petrovning jarohati jiddiymi?

- Jiddiy. Aytishim mumkinki, ikki o'yinni u jarohat bilan o'tkazdi. Uni jarrohlik amaliyoti kutyapti. Bu yilda u bizga yordam bera olmasa kerak. U to'purarimiz, jamoamizning asosiy futbolchisi. Biz uchun bu katta yo'qotish.

- O'yindan oldin "G'ijduvon"ning bunchalik himoyalanishini kutganmidingiz?

- Bilgandik. Ular chuqur himoyada, agressiv o'yin ko'rsatishini, xar xil follar orqali hujumlarni to'xtatishini kutgandik. Futbolchilarni bunga tayyorladik va uzun paslar orqali hujumga o'tish bo'yicha ishladik. Futbolchilarning "G'ijduvon"ning bunchalik chuqur himoyalanishiga tayyorlay oldik deb o'ylayman. CHunki shunday holatda ham juda ko'p vaziyatlar yaratdik. Faqat bu vaziyatlarni golga aylantira olmadik. 

- Bugungi o'yin nursiz durangmi yoki jangovar durang bo'ldimi?

- Qachonki ikki jamoa g'alaba uchun o'ynaganda edi, jangovar desak bo'lardi. SHu sababli jangovar durang deyish bu bahsga mos tushmaydi. CHunki "G'ijduvon" jamoasi bugun durangni saqlab qolish uchun harakat qildi. Biz esa ko'proq g'alaba uchun o'ynadik, ammo durang qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика