Asror Aliqulov: "Futbolda gol urmasa g'alaba qozonib bo'lmaydi"
13 iyu 2021 09:32
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Futbolda gol urmasa g'alaba qozonib bo'lmaydi"
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "SHo'rtan" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda yigitlarda kuch bor edi. To'pni ushlash va hujumlar tashkil qilishda yaxshi harakat qildik. "Buxoro"ning ustun tomoni jismoniy tomondan kuchliligida edi. To'p bilan tezroq fikrlashimiz kerakligini futbolchilarga ayigandik. SHavkat Salomovning texnik qobiliyati yaxshiligi uchun unga imkoniyat bermasligimiz talab qilinardi. Rejamiz qanotlardan hujumlar tashkil qilish edi, lekin o'ng qanot futbolchilarimiz buni uddasidan chiqa olmadi.
Penalti belgilangan holatda o'zimiz xato qildik. Qaysidir manoda bu futbolchilarning ruhiyatini tushishiga olib keldi. Birga-bir vaziyatda urolmadik. Futbolchilarni yosh ham, deyish noo'rin. Gol urmasa g'alaba qozonib bo'lmaydi",- deydi Asror Aliqulov.
Fikrlar