So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Asror Aliqulov: “Futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim” Yangiliklar

Asror Aliqulov: “Futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim”

O'quvchilarimizga yaxshi malumki, taniqli futbolchi Asror Aliqulov so'nggi yillarda “SHo'rtan” jamoasi uchun o'ynab kelmoqda.

Yaqinda Toshkentda o'tkazilgan “S” murabbiylik licenziyasi uchun tahsil olgan Aliqulov 37 yoshga to'lgan bo'lsada hamon maydonda javlon urayotgani tahsinga loyiqdir. Bo'lib ham g'uzorliklarning ko'plab uchrashuvlarida tajribali himoyachi boshlang'ich tarkibdan o'rin egalladi. Bilsangiz kerak, u bilan tengqur bo'lgan “Paxtakor” hujumchisi Anvar Soliev bu yil futbolchilikdagi so'nggi mavsumi ekanligini bildirgandi. Asror Aliqulov bilan ham bu borada suhbatlashganimizda, butsalarini mixga ilishga qaror qilganini aytdi.

- Asror aka, bu yil 37 yoshda bo'lsangizda hamon yashil maydondasiz. Futbolchilik faoliyatingizni yakunlash haqida o'ylab ko'rmadingizmi?
- Joriy mavsum so'nggisi bo'ldi. Bu borada avvalroq o'ylagandim va shu bois murabbiylik kurslarida ham tahsil olishni boshlab yubordim. Menimcha endi muxlislar futbolchi Aliqulovni emas, balki murabbiy Aliqulovni ko'radi.

- “SHo'rtan” tarkibidagi eng keksa o'yinchilardan biri bo'lishingizga qaramay, ko'plab uchrashuvlarda jamoangizning boshlang'ich tarkibidan o'rin egallab keldingiz. Aytingchi bu yilgi mavsumdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Yo'q. Umuman qoniqmadim. Ayrim sabablarga ko'ra ko'plab mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishimga to'g'ri keldi. Bu esa sport formam bir meyorda bo'lishiga tasir o'tkazdi.

- Yil boshida ayrim ishqibozlar “SHo'rtan”ning tarkibiga nazar tashlab, jamoa chempionatda kamida 6-7-o'rinlardan birini egallashi mumkinligini aytgandi. Ammo finishga 11-o'rinda etib keldinglar. Bunga nima sabab?
- Natijaga faqat moliyaviy muammolar sabab bo'ldi deyish noto'g'ri. Bilasiz bu yil deyarli yangitdan jamoa tuzildi. Yigitlar bir-birini tushunib ketishi uchun biroz vaqt talab etiladi. Ammo vaqt kutib turmaydi. Etibor bergan bo'lsanggiz, birinchi davraning boshida ishtirokimiz yaxshi kechayotgandi. Lekin tanaffusga oz qolganida salbiy tomonga o'zgara boshladi. Ikkinchi davrada ham huddi shunday xolat takrorlandi. Qolaversa barqarorlik etishmaganining boisi shuki, mashg'ulotlarda asosan bir hillik kuzatildi. Raqib jamoa nomiga qarab tayyorgarlik ko'rilmadi.


- Endi uzoq davom etgan futbolchilik faoliyatingiz haqida gaplashsak. Bizningcha oltin davrlar “Paxtakor”da o'tkazgan yillaringizga to'g'ri kelsa kerak?
- SHubhasiz. Boy tarixga ega bo'lgan klubda o'ynaganimdan doimo faxrlanaman. Albatta “sherlar” tarkibida o'ynab ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdim. CHempionlik shoxsupasiga bir necha bor ko'tarildim. Ko'plab futbolchilar orzu qilgan sovrinlarga ega chiqdik. Juda ajoyib damlarni o'tkazdik. “Paxtakor”da o'ynab terma jamoadan ham chaqiruv ola boshlaganman va mamlakatimizning bosh jamoasida ham ozmi ko'pmi o'ynab, vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga bor kuchimni berganman. Bularni faqat shirin xotiralar bilan eslayman va hech qachon unutmayman. Darvoqe, bugungi kundagi yoshlarga shuni maslahat qilamanki, imkon qadar kuchli va o'z oldiga aniq maqsad qo'yadigan klublarda o'ynashga intilishsin. Sababi bunday jamoalarda o'ynash bir tomondan qulay va engil. O'zimdan qiyos biz “Paxtakor”dagi yigitlar bilan har bir uchrashuvga faqat g'alaba uchun chiqardik.

- Siz bilan birga yashil maydonda xarakat qilgan futbolchilardan 11talik ro'yxatni tuzib bersangiz. Keyin ularning har biriga qisqacha izoh berib o'tsangiz maqsadga muvofiq bo'lardi?
- Mayli, bemalol. Darvozabondan boshlaydigan bo'lsak, o'zim bilan birga uzoq yillar davomida o'ynagan Ignatiy Nesterovni aytgan bo'lardim. Ignat juda mexnatkash posbon. Uchrashuv paytida biz himoyachilarga yo'l-yo'riq ko'rsatib, boshqarib turishi bilan ajralib turardi. Haqiqiy professional. Keyinchalik unga o'xshash darvozabonni boshqa joyda uchratmadim.

Himoyachilarga keladigan bo'lsak, o'ng qanotga (biroz o'ylanib) garchi o'zim bilan birga o'ynamagan bo'lsada, “Nasaf”dagi SHuhrat Muhammadievni qo'yaman. Bu yigitning xarakatlari menga manzur bo'lmoqda. Avvaldan kuzatib kelaman. “Mashal”da o'ynab yurgan paytlari ko'zga tashlangandi. O'shanda “SHo'rtan” rahbariyatiga tavsiya qildim. Ammo keyinchalik “Nasaf”ga o'tdi. Markaziy himoyachilar: Bu borada birinchi navbatda Baxtiyor Ashurmatovni tilga olaman. Yakka kurashlarda o'zini hech qachon olib qochmagan va maydonda borini berardi. Jon-jahdi bilan tirishardi. “Paxtakor” va MTJda birga o'ynaganimizda menga ham ancha engillik bo'lgan. Yana bir markaziy himoyachi esa Anzur Ismoilov. U bilan ham “Paxtakor”da birga to'p tepdik. O'sha paytlari endi-endi asosiy tarkibda o'ynay boshlagandi. Yosh yigit edi. Mana bugungi kunga kelib esa MTJning himoyasida asosiy qo'rg'on bo'lib turibdi. Uning o'yinlari meni juda xursand qilyapti. CHap qanot himoyasiga Nikolay SHirshovni qo'ygan bo'lardim. Kuchli zarba va tezkorligi bilan ajralib turardi. MTJda birga o'ynaganmiz. Qolaversa bu qanotga bugungi kundagi eng yaxshilardan biri bo'lib turgan Vitaliy Denisovni ham qo'yaman. U ham huddi SHirshov kabi juda tirishqoq yigit. Markaziy yarim himoyaga Aziz Haydarov, Odil Ahmedov va Server Jeparovni qo'yamiz. Aziz bilan bitta klubda o'ynamaganmizu, ammo MTJda bo'lgandik. “Lokomotiv” safida o'ynab yurgan paytidan beri bilaman. O'sha kezlarda ham raqibdan to'pni olib qo'yish xususiyati bor edi. Ahmedov va Jeparov haqida esa ortiqsa izohga hojat bo'lmasa kerak deb o'ylayman. Qanot yarim himoyasiga esa Jasur Hasanov (kattasi) bilan Akmal Xolmatov. O'z vaqtida “Paxtakor” tarkibida “Neftchi”ga qarshi o'tkazgan o'yinlarimizda Xolmatov katta qiyinchilik tug'dirardi. Tezkor xarakatlari bilan himoyachilarni doimo sarosimada ushlab turgan. Hasanov ham huddi shunday. Uning ajoyib to'p oshirishlari natijasida jamoadoshlari ko'plab gollarni urib kelmoqda. Hujum chizig'iga keladigan bo'lsak, o'zim himoyachi bo'lganim uchun ham ko'plab hujumchilarga qarshi o'ynashga to'g'ri kelgan. Ulardan Anvar Soliev bilan Anvar Berdievni ko'rsatgan bo'lardim. SHuningdek MTJda birga o'ynagan Maksim SHackixni aytish mumkin. Bu hujumchilar yarimta imkoniyatdan ham unumli foydalanishni qoyillatardi.

Boshqaruv postiga esa kimni qo'ysa bo'ladi? (Biroz o'ylanib) Bu borada Ravshan Haydarovni aytaman. Sababi “Paxtakor” va MTJda Ravshan Akmalovich bilan birga ko'p yillar davomida hamkorlik qildik.   

- SHu kungacha boshqa murabbiylar bilan ham ishlashingizga to'g'i kelgan. Ulardan yana qaysilarini alohida etirof etishingiz mumkin?
- Haqiqatdan ham futbolchilik davrim mobaynida bir qator taniqli mutaxassislar bilan birga ishladim. “Paxtakor”da o'tkazgan yillarim davomida Ravshan Haydarovdan tashqari, Viktor Jalilov va Tachmurod Agamurodov singari tajribali murabbiylar bilan ishlash baxtiga muyassar bo'ldim. Terma jamoada esa angliyalik Robert Xougton va germaniyalik Xaync Yurgen Gyode bilan birga hamkorlik qildik. Umuman olganda shu kungacha qaysi murabbiylar bilan ishlagan bo'lsam, ularning har birining o'ziga yarasha ish uslubi bor. Qaysidir jihatlarini o'zimga olishga intilganman. Endilikda ulardan o'rganganlarimni amalda o'zim qo'llab-ko'rmoqchiman.

- Ayrim futbolchilar butsalarini mixga ilgach, murabbiylikni oliy liga klubida ishlash bilan boshlab yuboradi. Yana bazilari esa bu borada barchasini quyidan, bosqichma-bosqich bajarib bolalar futbolidan ish topadi. Xo'sh, Asror Aliqulov qanday yo'l tutmoqchi?
- Fikrimcha bolalar bilan ishlash orqali sekin-sekin katta futbolga o'tgan afzal. Bolalar bilan ishlasangiz o'zingizning tushunchangizni ularga etkazish va o'yin uslubni yaratish oson kechadi. Qolaversa natija ham u darajada asosiy o'ringa chiqmaydi. Professional klubda esa bugungi kunga kelib qisqa fursat ichida kurashchan jamoa tuzish talab etilmoqda. Agarda tarkibdagi yigitlar ko'nglingizdagidek bo'lsa-yu yaxshi. Ammo o'zingiz istaganingizdek tarkib tuza olmasangiz juda qiyin bo'lishi turgan gap.


- “SHo'rtan” rahbariyati bilan kelgusi rejalar xususida gaplashish imkoni bo'ldimi? Balki yoshlar jamoasida ishlarsiz?
- Klub bilan tuzgan shartnomam nihoyasiga etib bormoqda. Ammo keyingi yil uchun hozircha hech gap yo'q. Balki rahbariyat bilan yaqin orada gaplashib olarmiz. Yoshlar jamoasida ishlashga keladigan bo'lsak, bu rahbariyatning talab va istagiga qaraladi. Agarda yoshlar jamoasiga ham jiddiy etibor qilib, terma jamoalarimizga va asosiy tarkibga o'yinchilarni etkazib berish vazifasi asosiy o'ringa chiqadigan bo'lsa, ishlasa bo'ladi. Aksincha shunchaki rasmiyatchilik qilinsa, u xolda ishlashdan naf yo'q.

- “Paxtakor”ning sobiq futbolchilarini bugungi kunda ushbu klub tasarrufida murabbiylik qilayotganlarini ham ko'rmoqdamiz. No'mon Hasanov, SHuhrat Rahmonqulov... SHular jumlasidandir. Aytingchi sizda ham bir kun kelib “Paxtakor”da murabbiy sifatida ishlash maqsadi bormi?
- Juda to'g'ri fikrni aytdingiz. Haqiqatdan ham “Paxtakor” jamoasida sobiq futbolchilarga bo'lgan etibor yuqori. Butsani mixga ilgach, ushbu klub tasarrufidagi bolalar jamoasida ishlash imkoniyati paydo bo'lmoqda. Bu yo'ldan so'nggi paytlarda “Bunyodkor” ham ketmoqda deyish mumkin. Bu yaxshi albatta. Klub rahbariyatida ishlab kelgan Samvel Babayanning ushbu siyosatini maqullayman. Kim ham “Paxtakor”dek Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan klubda ishlashni istamaydi deysiz?! Albatta, menga ham taklif bo'lsa hech ikkilanmasdan bajonidil qabul qilgan bo'lardim.


- Murabbiylik licenziyasiga o'qib yurganingizda takliflar bo'lmadimi?
- Klub rahbariyatida ishlab kelayotgan taniqli mutaxassislar Viktor Jalilov bilan Grigoriy Ceytlin ilgari klubda murabbiy sifatida ham ishlaysan bir kun kelib deya yarmi hazil, yarmi chin manoda aytib turardi. Buni endi vaqt ko'rsatadi.   

- Xarakteringizdan kelib chiqib aytingchi, o'zizni bosh murabbiylik rolida qanday ko'rmoqdasiz?
- Ancha og'ir bosiq bo'lganim bilan futbolchilik davrimda o'zimga bo'lgan talabni aslo susaytirmasdim. O'ylaymanki murabbiylikda ham shu o'zimga bo'lgan talabni pasaytirib yubormasam, bemalol bosh murabbiy sifatida ham ishlay olaman.

- Yaqin orada oliy liganing biror-bir klubini olib, boshqarish rejangizda bormi?
- Yo'q. Avvalo yordamchi murabbiy bo'lsada ishlab, mahoratimni oshirishim kerak. Bosh murabbiylik juda ham katta masuliyatli ishdir. Bunga oldin har tomonla o'zingizni tayyorlab borish talab etiladi.

- Xayrlashuv uchrashuvingizni o'tkazishni o'ylab ko'rmadingizmi?
- Hozircha bunday reja yo'q.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика