So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Asror Aliqulov: "Bugungi o'yinga standart vaziyatlar bo'yicha ishlagandik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bugungi o'yinga standart vaziyatlar bo'yicha ishlagandik"

Pro-liganing 19-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Aral Samali" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Bugungi o'yin keskin kurashlarga boy o'tishini bilardik. CHunki "Aral Samali" ham kuchli jamoa, ularga qarshi o'yin uchun asosan standart vaziyatlar ustida ishladik desam ham bo'ladi. Afsuski, yigitlar g'alabani saqlab qola olishmadi. O'yinni deyarli yutib turgan vaqtimizda so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik.

- O'yin davomida shogirdlaringiz yaxshi uzatmalarni amalga oshirishmoqda. Lekin vaziyatlarni yakunlashda, so'ngi zarbalarni yo'llashda kamchiliklar ko'zga tashlandi. Bu sizning murabbiylik kurslarida o'qiyotganingiz tufayli jamoa bilan ko'p birga bo'la olmayotganingiz tufayli yuzaga kelmoqda deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, o'yin davomida ko'rinib turdi, murabbiylar shtabi jamoani yaxshi tayyorlagan. Biz bir jamoamiz va hamisha hamfikrlikda ish yuritamiz. Kuchli himoyalanayotgan jamoa himoyasini yorib o'tishni ko'proq mahoratli futbolchilar uddalaydi. Bizda hujumda yosh yigitlar o'ynayapti, hali ularga bir oz vaqt kerak deb o'ylayman.

- Jamoa sardori olgan kartochka haqida munosabatingiz qanday?

- Futbolchi o'yin davomida har qanday bosim va vaziyatlarga tayyor turishi kerak. SHuningdek, intizom ham futbolning doimiy ajralmas qismi hisoblanadi.

- Asror CHorievich, muxlislar keyingi mavsumni ham "SHo'rtan"da o'tkazasizmi, jamoani yangi mavsumga o'zingiz tayyorlaysizmi degan savolning javobiga qiziqishmoqda...

- Hozirgi kunda jamoamizda moliyaviy jihatdan yaxshi xolat yuzaga keldi. Xomiylarimiz tomonidan qisqa fursat ichida futbolchilarning oylik maoshlari to'lab berildi. Bu borada klub rahbariyati va biriktirilgan xomiylarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Imkoniyatimizdan kelib chiqib yangi mavsum oldidan jamoaga futbolchilarni taklif etamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика