So’nggi yangiliklar

17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  0 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   12 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  5 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1

"Asr o'yini". 1999 yilda Braziliya - "Barselona" uchrashuvi o'tkazilgan edi Yangiliklar

"Asr o'yini". 1999 yilda Braziliya - "Barselona" uchrashuvi o'tkazilgan edi

Ha, bunaqasi nafaqat FIFA o'yinida, balki hayotda ham bo'lib turadi.

Klub terma jamoaga qarshi maydonga tushishi - kamdan-kam sodir bo'ladigan voqea, ayniqsa ikki jamoa tarkibida top darajadagi futbolchilar o'ynasa. 1999 yil aprel oyining oxirida "Barselona" hamda Braziliya terma jamoalari o'rtasida bahs o'tkazilgan.


Kataloniyaliklar o'sha yili klubning 100 yillik yubileyini turli bayramlar o'tkazdi. Bu o'yin shunday marosimlardan biri edi. Aslida Van Gal jamoasi 1999 yil "Kamp Nou"da o'tadigan CHempionlar ligasi finalida o'ynashni maqsad qilgandi, ammo ular "o'lim guruhi"dan chiqa olishmadi va o'sha guruhdagi ikki klub - "Bavariya" va "Manchester Yunayted" finalda bellashishdi. Biroq kataloniyaliklar 11 ochko farqi bilan LaLiga g'olibiga aylanishdi.

Braziliyaliklar bosh murabbiyi Vanderley Lushemburgo hujumga uch superfutbolchi - Ronaldo, Romario va Rivaldoni qo'ydi. Rivaldo o'z klubiga qarshi maydonga tushdi. Hatto to'rtinchi forvard - Marsio Amorozoga ham joy topildi. "U shunchaki o'zimiz istagandek o'ynash kerakligini aytdi. Har qanday murabbiy shunday hujum chizig'iga ega bo'lishni istaydi. Raqib uchta gol urishi mumkin edi, ammo to'rtta gol bilan javob ber olardik. Murabbiy bo'lganimda men ham shunday qilardim, chunki to'rt hujumchini yopishn oson emas" - degandi Amorozo.


Tarkiblarga etibor bering.

Braziliyaga qarshi maydonga mashhurlikda ulardan qolishmaydigan Gvardiola, Figu va Klyuyvert tushgan. Yosh Xavi va Rafael Nadalning amakisi Migel Anxel Nadal zaxirada qoldi.

"Bu "Kamp Nou"dagi dastlabki o'yinim edi. "Barselona" futbolchilarining omadi kelgan, chunki ular har hafta muxlislar ajoyib atmosfera tashkil qilib berishi haqida o'yladim" - deya esga olgan Amarozo.


Muxlislar avval "Barsa"da o'ynagan Ronaldo va Romarioni iliq kutib olishdi. "Barselona" futbolchilari Van Gal ushbu o'yinga xuddi rasmiy bahs kabi tayyorgarlik ko'rgani haqida gapirib berishgan. O'sha dam olish kunlari LaLiga bahsi kutib turgan bo'lsada, gollandiyalik mutaxassis eng kuchli tarkibni maydonga tushirdi, chunki kataloniyaliklar klubning 100 yillik yubileyiga atalgan bahsda mag'lub bo'la olmasdi. Ustiga-ustak o'yindan avval "Barselona"ning 200dan ortiq afsonalari ishtirokida parad o'tkazilgan va unda Yoxan Kroyff ham bor edi.


Butun o'yin davomida yoqqan yomg'ir biroz kayfiyatni buzdi, ammo u futbolchilar maydonda namoyish etgan sehrga halal bera olmadi. Bahs 2:2 hisobida yakun topdi. Rivaldo ajoyib zarba bilan "Barsa" darvozasini ishg'ol qildi va barchaga futbolkasi ostidagi maykasini ko'rsatdi. Uning bir tomonida Braziliya terma jamoasi, ikkinchi tomonida esa "Barselona" logotipi bor edi. O'rtada esa vafot etgan otasining surati. Ronaldo ham maydonni golsiz tark etmadi, o'yindan so'ng Figu bilan futbolka almashdi. Ushbu o'yinni hali mashhurlikka erishmagan, Van Galga yordamchilik qilgan Joze Mourinyu ham kuzatgan.


Kataloniya nashrlari ushbu bahsga "Asr o'yini" deb nom bergandi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика