So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  3 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  22 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Asqar Umarov: ”Zomin” o'z uyida hech kimga ochko beradigan jamoa emas” Yangiliklar

Asqar Umarov: ”Zomin” o'z uyida hech kimga ochko beradigan jamoa emas”

Bugun Pro liganing 1-turi doirasida “Zomin” klubi o'z maydonida “Andijon”ni qabul qildi.

Mazkur uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0. O'yindan keyingi matbuot anjumanida “Zomin” bosh murabbiyi Asqar Umarov o'z fikrlarini bildirdi. 

-  Bugungi bellashuv haqida qanday fikr bildira olasiz?

-  Uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsak, albatta futbolchilarimizga katta rahmat aytaman. Ular birinchi o'yin bo'lishiga qaramay, borini berib o'ynashdi. Muxlislarimizga ham qo'llab-quvvatlagani uchun rahmat aytaman. Mashg'ulotlardagi harakatlarimizni yigitlar maydonda ko'rsata olishdi, deb o'ylayman. Bugun ozgina omadimiz kelmadi va gollarni urolmadik. Keyingi uchrashuvlarda “Zomin” muxlislariga g'alabalarni taqdim qilamiz, degan umiddaman.

-  Bugun “Andijon”dan qanday o'yin kutgandingiz?

-  Ular tajribali va shuning evaziga yaxshi harakat qilishyapti. Tarkibida bo'ydor o'yinchilar to'p tepishar ekan. Ammo bizning futbolchilarimiz shunga mos ravishda o'ynadilar. 

-  “Zomin” jamoasi ushbu uchrashuvda bir ochkoni qo'lga kiritdimi yoki ikkinchi ochkoni yo'qotdimi?

-  Bu birinchi uchrashuv bo'lganligi sababli biz bir ochko qo'lga kiritdik, deb hisoblayman. Keyingi o'yinlarda uch ochkolarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. “Zomin” o'z uyida hech kimga ochko beradigan jamoa emas. Faqat uch ochko olib, oldinga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика