So’nggi yangiliklar

16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3

Asqar Umarov: "Zomin" bilan PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz" Yangiliklar

Asqar Umarov: "Zomin" bilan PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz"

Teglar :  Asqar UmarovZomin
Xabaringiz bor, mamlakatimizda PRO-Liga chempionatidan keyingi o'rinda turadigan Birinchi liga turniri ham yaqinda start oldi.

Kuni kecha musobaqasining 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Bungacha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Namanganning "Navbahor-Farm" jamoasi Zominda to'xtatildi.  Garchi uchrashuvda birinchi bo'lib, Rashid G'ofurov shogirdlari hisobni ochgan bo'lsada, keyinchalik zominlik futbolchilar iroda ko'rsatib ikki bor namanganliklar darvozasiga to'p kiritib, g'alabani o'z tomoniga og'dirib yuborishni uddaladi. Mazkur uchrashuv yakuniga etgach,  "Zomin" bosh murabbiyi Asqar Umarovdan intervyu oldik.

-  Asqar aka, avvalo qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqida nima deysiz? 

- Uchrashuv juda ham keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Ayniqsa birinchi bo'lib, namanganliklar hisobni ochganidan keyin jamoamiz asosiy etiborini tezroq javob to'pini kiritishga qaratdi. Tabiiyki mehmonlar ham hisobni ushlab qolish maqsadida, himoyada bexato o'ynashga intildi. Lekin baribir shogirdlarim o'z irodalarini namoyish etib, g'alaba qozondik. Yaratganga shukur, o'z maydonimizda muxlislarimizni xursan qildik. 

- G'alaba keltiruvchi gol ikkinchi bo'limning so'nggi qo'shimcha daqiqasida kiritildi. Bunday natijadan keyin shogirdlaringizga ortiqcha etiroz bo'lmasa kerak? 

- Yo'q,  futbolchilar maydonga chiqib borini berishdi. Berilgan ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishga intildi. Muxlislarimizning ham oxirigacha qizg'in qo'llab-quvvatlab borishi menimcha jamoamiz katta dalda bo'ldi. Futbolchilarni ruhiyatiga ijobiy tasir o'tkazmasdan qolmadi. Buning uchun stadionga tashrif buyurgan minglab ashaddiy ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. 

- Malum muddat o'tib yana "Zomin" jamoasiga qaytdingiz. Klubda avvalgi yillarga nisbatan qanday o'zgarishlarni ko'rmoqdasiz? 

- SHaroitlar sezilarli darajada ijobiy tomonga o'zgargan deya olaman. Klub rahbariyati barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Stadionimiz yangitdan tamirdan chiqarildi. Maydonnning xolati yaxshi. Oylik maosh va mukofot pullari o'z vaqtida berilyapti. Faqat ishlash kerak xolos. Oldimizga PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Fursatdan foydalanib, jamoaga shunday ajoyib sharoitlarni yaratib berayotgan tuman hokimligiga ham chuqur minnatdorchiligimni bildirib qolaman. 

- Birinchi ligadagi raqobat xususida nima deya olasiz? 

- O'ziga yarasha raqobat bor bu chempionatda ham. Jamoalarning kuchi deyarli teng. PRO-Liga yo'llanmasiga bo'ladigan kurash oson kechmaydi. Biror bir jamoani yaqqol ajratib, favorit deya ko'rsatish qiyin. Biz oldimizga qo'yilgan vazifani uddalash uchun astoydil kurashamiz. 

- Davralar oralig'ida tarkibni yanada kuchaytirish rejangizda bormi? 

- Hozirgi tarkibimiz ham yomon emas. Ayrim etakchi o'yinchilarimiz jarohat sabab jamoaga yordam bera olmayapti. Markaziy yarim himoyachi Tursunmurod Hamdamov bilan hujumchi Maradona Safarovni tez orada tarkibga qaytishiga umid qilyapmiz. Ularning foydasi katta bo'ladi degan umiddaman. Albatta raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida transfer oynasi ochilsa ayrim futbolchilarni taklif etishni ham rejalashtirganmiz. 

- O'tgan yili AGMK yoshlar jamoasida to'purarlik mahoratini namoyish  etgan Kamron Abdulhamidov joriy mavsum "Zomin"ga ko'chib o'tgandi. Ammo iqtidorli hujumchi hozircha sermahsullik ko'rsata olmayapti. Bu nima bilan bog'liq? 

- Kamronning to'purarlik qobilyati borligini bilib turib, jamoaga taklif etganmiz. Ammo u hozircha jamoaga to'liq moslashib keta olmayapti. Abdulhamidovga imkoniyat bermoqdamiz. Afsuski hozircha o'zini ko'rsata olmayapti. Lekin biz unga ishonamiz. Mavsum davomida kutilgan sermahsullikni namoyish etadi. Iqtidorli hujumchining kelajagi porloq. 

- "Navbahor-Farm" bungacha chempionatda faqat g'alaba qozonib kelayotgandi. Bu jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Namanganliklar tarkibi iqtidorli futbolchilardan tashkil topgani bilinib turibdi. Ularning o'yin uslubi yomon emas. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada,  jamoamizga jiddiy qarshilik ko'rsata oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика