So’nggi yangiliklar

08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  0 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0

Asqar Umarov: “Navbahor” o'z darajasini ko'rsatdi, bizga esa biroz tajriba etishmadi” Yangiliklar

Asqar Umarov: “Navbahor” o'z darajasini ko'rsatdi, bizga esa biroz tajriba etishmadi”

Teglar :  Asqar Umarov"Zomin"
O'zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Zomin” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Albatta, juda chiroyli o'yin bo'ldi. “Navbahor” jamoasi o'z darajasini ko'rsatdi, bizga esa biroz tajriba etishmadi. Asosiysi, bunday uchrashuvlar biz uchun dars bo'ladi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz", - dedi Asqar Umarov.

- Bugun shogirdlaringiz tajribali raqibga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Ularni qanday ruhlantirdingiz?

- “Zomin” jamoasi muxlislar uchun o'ynaydi, ular bugun ham futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlab turishdi. Kiyinish xonasida yigitlarga astoydil harakat qilishlari kerakligi, “Navbahor” tarkibida ham o'zlariga o'xshagan o'yinchilar to'p tepishini tushuntirdik. Superligada ishlayotgan murabbiylar qarshisida o'zlarini ko'rsatishlari kerakligini takidladik. Ular aytganimizni bajarishdi, shogirdlarimga harakatlari uchun rahmat aytaman.

- Jamoangizga “Olimpik”ga qarshi kechgan avvalgi uchrashuvda nima etishmadi?

- O'sha bahsda tezkor gol o'tkazib yuborganimiz bizga pand berdi. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglashga urindik, ammo vaqt etmadi.

- Keyingi turda o'tadigan “Navbahor” – “Olimpik” o'yini haqidagi fikringiz qanday?

- “Navbahor”da katta tajriba bor, aynan tajriba o'z so'zini aytsa kerak, deb o'ylayman. O'z navbatida, “Olimpik” jamoasiga ham omad tilaymiz. Tarkibida juda yaxshi, tezkor yoshlar jamlangan, hammasi tartibli o'ynaydi. Maydon tekis, to'p dumaloq, omad qaysi jamoa tomonida bo'lsa, g'alaba o'shanga nasib qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика