So’nggi yangiliklar

15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  0 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  1 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  9 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  8 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  12 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  29 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0

Asqar Tolibjonov: "O'zbekiston U-23 oldiga Osiyo o'yinlari chempioni bo'lish vazifasi qo'yildi" Yangiliklar

Asqar Tolibjonov: "O'zbekiston U-23 oldiga Osiyo o'yinlari chempioni bo'lish vazifasi qo'yildi"

O'FF matbuot xizmati Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov bilan intervyu tashkil etdi.
"4 aprel kuni O'FF ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bir qator masalalar ko'rib chiqildi",  - deb gap boshladi Asqar Imomjonovich.

"Eng asosiysi 2014 yilda nufuzli musobaqalarda ishtirok etadigan terma jamoalarimiz bosh murabbiylari va murabbiylar shtabini tasdiqlash. 2014 yilga mo'ljallangan terma jamoalar rejalarini qaytadan ko'rib chiqish va O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov aprel oyidan boshlab faqat milliy terma jamoada ishlashi ko'rib chiqildi. Ijroqo'm qaroriga ko'ra Mirjalol Qo'shoqovich bundan buyon bor etiborini O'zbekiston terma jamoasiga qaratadi".

"Qosimov kuzda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida va yanvar oyidagi Osiyo Kubogida ishtirok etadigan termalarga bosh murabbiy bo'ladi. Inchondagi Osiyo o'yinlarida 20 yil oldingi zafarli yurishini takrorlash va yanvar oyida Avstraliyadagi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishi kerak. O'FF terma jamoalar markazi bu borada barcha sharoitlarni yaratib beradi. Bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Avstraliyada bo'lib o'tgan qura jarayonida biz o'rtoqlik o'yinlari borasida kelishuvga erishdik. Rejamizga ko'ra Osiyo Kubogiga qadar 6-7ta o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. May oyida Toshkentda ikkita o'yin bo'ladi, sentyabr oyida ikkita o'yin, 3 sentyabr kungi bahs Toshkentda bo'lib o'tadi. 6 oktyabrda Qatar bilan, 10 oktyabrda Bahrayn, 14 oktyabr kuni Ummon bilan o'ynaymiz. Bundan tashqari dekabrning 20-25 kunlari oralig'ida ham o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi. Muzokaralar yakuniga etgan. 5 yanvar kuni ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi".

"Inchondagi Osiyo o'yinlarida 1991 va 1992 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoa boradi va uni Qosimov boshqaradi. Bu jamoa oldiga chempionlik vazifasi yuklatilgan. Janubiy Koreyadagi Osiyo o'yinlari uchun yangi jamoa tuziladi. Bu SHuhrat Maqsudov boshchilik qilayotgan terma jamoa emas. Maqsudov jamoasi 1993 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoa, bu jamoa oldiga Osiyo chempionati saralashida muvaffaqiyatli o'tib Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish vazifasi qo'yilgan. Qosimov esa 1991 va 1992 yilda tug'ilgan ftubolchilar bilan birga Inchonga boradi", - deydi Asqar Tolibjonov.

O'FF matbuot xizmati. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика