So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Asqar Tolibjonov “UzDongJu” qarorgohiga tashrif buyurdi Yangiliklar

Asqar Tolibjonov “UzDongJu” qarorgohiga tashrif buyurdi

Kecha terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov, markaz konsultanti Vyacheslav Soloxo “UzDongJu” jamoasi qarorgohi hisoblangan Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni “UzDongJu” jamoasi bosh murabbiyi Abdurashid Ismoilov maktab-internati direktori Nasibillo Madrahimov kutib olishdi.

SHundan so'ng Asqar Tolibjonov boshchiligida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda viloyat futbol Federaciyasi birinchi vice-prezidenti Alisher Uzoqov viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi  direktori Bekzodbek  Karimov  va “UzDongJu” jamoasi murabbiylari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda Asqar Tolibjonov so'z olib har bir yoshdagi terma jamoalarimizga oldiga jahon chempionatiga yullanma olishni bosh maqsad qilib qo'yish anana bo'lib qolayotganligi va bu borada klublardagi rahbar va murabbiylarining ko'magi zarurligini takidlab o'tdi.

“UzDongJu”jamoasining ikki nafar azosi 1997 yillardan tashkil topgan o'smirlar va 2000 yilda tug'ilgan bolalardan tashkil topgan yoshlar terma jamoalariga nomzod qilib ko'rsatilganligini aytib o'tdi.


Ayni damda 2000 yilda tug'ilgan “UzDongJu”tarbiyalanuvchisi Doniyor Abdumannov terma jamoa safila Polsha termasiga qarshi maydonda harakat qilayotganligini, 1998 yilda tug'ilgan “UzDongJu” jamoasi azosi Usmonali Ismonaliev esa 25 aprel kuni Saudiya Arabistoni davlatiga shu terma jamoa bilan  o'rtoqlik o'yinida ishtirok etish uchun jo'nab ketishligini aytib o'tdi.

Ushbu terma jamoalarga nomzodi ko'rsatilgan futbolchilarni nafaqat murabbiylar tomonidan balki ota-onalari tomonidan ham qo'llab quvvatlash zarurligi, jamoadagi shifokorlarning muntazam nazorati ostida bo'lishi kerakligini  takidlab o'tdi.



Yig'ilishda markaz konsultanti Vyacheslav Soloxo so'z olib terma jamoalarga nomzodlar sonini yanada oshirish kerakligini va bu borada jamoadagi murabbiylar tinmay mehnat qilish kerakligini va shundagina terma jamoalarimizda sog'lom raqobat vujudga kelib  ko'zlangan yuqori maqsadlarimizga albatta etamiz deya takidlab o'tdi.

Bir soatga yaqin bo'lib o'tgan yig'ilish qizg'in suhbatlar va munozaralarga boy tarzda o'tkazildi, barcha ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


UzDongJu matbuot kotibi SHerzodbek Mamadaliev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика