So’nggi yangiliklar

06:55АПЛ. 37 ёшли "Лестер" афсонаси Жейми Варди жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди   0 02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  1 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  3 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  3 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  3 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  4 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  4 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  25 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  208 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  5

Asqar Tolibjonov: "Terma jamoalarimiz muhim turnirlarga munosib tayyorlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan" Yangiliklar

Asqar Tolibjonov: "Terma jamoalarimiz muhim turnirlarga munosib tayyorlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan"

Malumki, hozirgi vaqtda O'zbekiston milliy terma jamoasi, yoshlar, o'smirlar hamda futzal terma jamoalari muhim musobaqalar bo'sag'asida turibdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 saralashining yakuniy – uchinchi bosqichini boshlash arafasida bo'lsa, yoshlar hamda o'smirlar terma jamoalari oldida Osiyo chempionati turibdi. Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi esa Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorlanmoqda.

Mana shu muhim o'yinlar va musobaqalarga jamoalar qanday tayyorgarlik ko'rayotgani, futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari bilan ishlash markazi bu borada qanday ishlarni amalga oshirayotgani borasida markaz rahbari Asqar Tolibjonov bilan O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot xizmati suhbatlashdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarligi yo'lida qilinayotgan ishlar haqida to'xtalar ekan, Tolibjonov shunday dedi:

“Milliy terma jamoamiz Jahon chempionatining uchinchi bosqichiga tayyorgarlikni ancha ilgari boshladi va terma jamoalar markazi tomonidan mamlakatning asosiy jamoasi saralashning yakuniy bosqichiga munosib tayyorlanishi uchun barcha imkoniyat yaratildi, deb o'ylayman. Bugungacha jamoa Avstriyada ikki bora, iyun va iyul oylarida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi.

Murabbiylarning tanlovi va so'rovi asosida raqiblar tanlanib, nazorat o'yinlari tashkil etildi. Avstriyadagi so'nggi yig'inda “Borussiya” (1:1) va “Ufa” (2:2) hamda yig'in yakunida Iroq (2:1) terma jamoasi bilan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi. Keyingi yig'in endi 20 avgust kuni boshlanadi va 24 avgust kuni Yaman terma jamoasi bilan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilib, shu bilan saralashning uchinchi bosqichiga kirishiladi. SHuni ham qo'lshimcha qilishim kerakki, saralashning uchinchi bosqich o'yinlari davom etayotgan paytda, 11 noyabr sanasida Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishganmiz”.

Yoshlar va o'smirlar terma jamoalarning qita birinchiligiga tayyorgarligi yo'lida qilingan ishlar haqidagi savolga javob berar ekan, Terma jamoalar markazi rahbari quyidagilarni takidladi.

“Har ikki jamoa uzoq muddatlik reja asosida, bosqichma-bosqich tayyorgarlikni olib boryapti. Jasur Abduraimov murabbiylik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy, Saudiya Arabistoni, Belarus hamda yaqindagina Singapurda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borib, ko'plab o'rtoqlik uchrashuvlari, xalqaro o'rtoqlik turnirlarida ishtirok etib qaytdi. Ushbu jamoaning tayyorgarlik jarayoni hali davom etmoqda.

Rejaga ko'ra ular navbatdagi yig'ini Toshkentda bo'ladi va 6 – 9 avgust sanalari davomida bo'ladigan Markaziy Osiyo Futbol Associaciasi Kubogida ishtirok etadi. SHundan keyin jamoa, avgust yakuni va sentyabr avvalida Serbiyada ham o'quv yig'ini olib boradi va bir necha o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. Tayyorgarlikning so'nggi bosqichida esa yoshlar terma jamoasi Qatarda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazib, Qatar yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Temur Olixo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi yil avvalida Toshkentda Yaponiya Futbol Associaciyasi va O'FF terma jamoalar markazi hamkorligida o'tkazilgan “Sport for tomorrow” musobaqasida ishtirok etdi. SHundan so'ng Birlashgan Arab Amirliklarida, Belarusda yig'inlar o'tkazdi. Toshkentda Polsha o'smirlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Mana, ayni kunlarda Ummon o'smirlar terma jamoasini Toshkentga taklif etganmiz va ushbu jamoa bilan ikkita nazorat o'yini o'tkazyapmiz.

Ushbu jamoa tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida Sloveniyada yig'in o'tkazib, Sloveniya o'smirlar terma jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishadi. SHundan so'ng O'zbekistonda yakuniy yig'in o'tkazilib, 9 santyabr kuni Hindistonga uchib ketiladi.  10 sentyabrda esa Hindistonning Goa shahrida Avstraliya o'smirlari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvimiz bor. Bu musobaqa oldidan so'nggi nazorat uchrashuvi bo'ladi va 15 sentyabrdan rasmiy o'yinlar boshlanadi.

SHuni ham qo'shimcha qilishim mumkinki, o'smirlar terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi, murabbiylar shtabi va delegaciya azolari allaqachon Hindiston vizasini olib ulgurdi. Hozirda yoshlar terma jamoasining Baxraynga boradigan tarkibi, shatb va delegaciyaning boshqa azolari vizalarini olish borasida ish olib borilyapti”.

“16, 19 yoshgacha bo'lgan qizlardan tashkil topgan terma jamoalarimiz Osiyo chempionati saralashlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. 19 yoshgacha bo'lgan qizlarimiz yaqinda Ozarbayjonning Baku shahrida bo'lib, ikkita o'rtoqlik uchrashuvi va yig'in o'tkazib qaytdi. 16 yoshgacha bo'lgan qizlar esa Belarusda yig'in o'tkazishadi”, deya ayollar futboliga oid savolga javob berib o'tdi Asqar Tolibjonov.

“Eng qizg'in tayyorgarlik jarayonini futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi olib bormoqda”, - deya Asqar Imomjonovich so'zida davom etdi -  “Ular deyarli har oyda yig'in o'tkazib, ko'plab xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashyapti. Masalan jamoa Yaponiyadagi kichik xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etdi. Toshkentdagi yig'inda Tojikiston bilan o'rtoqlik o'yinlarida qatnashdi. Kolumbiyaga ketgunga qadar Ozarbayjon, Qozog'iston terma ajmoalariga qarshi bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Bundan tashqari Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari bilan ham turnirga qadar o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan. Mana shunday tayyorgarlik bosqichlarini bosib o'tgach, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi”.

“Umuman, terma jamoalar markazining asosiy vazifasi – barcha toifadagi futbol terma jamoalarimizning rasmiy o'yinlarga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish, xorijda, O'zbekistonda yig'inlar tashkil etish, o'rtoqlik turnirlarida ishtirok etishini taminlashdan iborat. Yuqorida sanalganlarning barchasi bo'yicha aniq rejalar asosida ishlar olib boryapti. Terma jamoalar markazi o'z ishini professional tarzda amalga oshiryapti, deb ayta olaman”, - deya Asqar Tolibjonov o'z so'zlariga yakun yasadi.


Reyting: -75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика