Aspilikueta "CHelsi"dan ketishi sababini aytdi Yangiliklar

Aspilikueta "CHelsi"dan ketishi sababini aytdi

"Atletiko" himoyachisi Sesar Aspilikueta "CHelsi"dan ketishi sababini aytdi.

"CHelsi"dagi faoliyatim yakunlanganini tushundim. klub bilan muzokaralar bo'lgandi, biroq yakunda "Yo'q" dedim. "CHelsi"dagi 11 yillik faoliyatimdan keyin biz ikki tomon uchun ham foydali qarorni chiqardik.

Ushbu klubdan minnatdorman, 11 yil davomida farzandlarim Londonda tug'ilishdi va bu er ikkinchi uyimga aylandi. Biroq boshlanishi bo'lgan narsaning oxiri ham bo'ladi. O'sha yillar davomida bor kuchim bilan o'ynadim. Keyin "Atletiko"ga kelish varianti bo'ldi. Klub rahbariyati va Diego Simeone bilan gaplashib oldim va bu erga kelishga qaror qildim", - dedi futbolchi.

Sesar 2012-2023 yillar davomida "CHelsi"da haarakat qilgan va yozda erkin agent sifatida "Atletiko"ga o'tgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика