Asmir Begovich “Manchester Siti”ga o'tishi mumkin
06 noy 2013 14:55
Yangiliklar


Asmir Begovich “Manchester Siti”ga o'tishi mumkin
“Stok Siti” klubi hamda Bosniya va Gercegovina terma jamoasi darvozaboni Asmir Begovich, “Manchester Siti” klubiga o'tishini rad etmayapti, deb xabar beradi "Metro".
Futbolchining so'zlariga ko'ra, u jamoani hali Roberto Manchini boshqarayotgan paytda, klub bilan shartnoma tuzishga yaqin turgan ekan. Eslatib o'tamiz, “Siti”ning hozirgi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Jon Xartning o'yinidan ko'ngli to'lmayapti, shu sababli yangi darvozabon ishlashga tushgan.
Takidlab o'tamiz, Begovich yaqinda bo'lib o'tgan “Sautgempton”ga qarshi o'yinda (1:1) maydon markaziga yaqin joydan gol urishga erishgan.

Fikrlar