So’nggi yangiliklar

10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  3 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  5 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  4 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  12 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  25 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  11 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  45 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  6 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  82 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  134 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1049

Asilbek Qayumov: "Jamoamizni tajribali murabbiy boshqarmoqda" Yangiliklar

Asilbek Qayumov: "Jamoamizni tajribali murabbiy boshqarmoqda"

Bugun "Turon" - “Yozyovon-Lochinlari" (0:1) jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng, yozyovonliklar hujumchisi Asilbek Qayumov saytimizga intervyu berdi.

Futboldagi dastlabki bilimlarimni tajribali murabbiy Saidahmad Burhonovdan olganman - deydi Asilbek Qayumov. U kishi yoshligimda yoshligimda o'zi murabbiylik qilayotgan jamoaga taklif etib, futbol sir-asrorlari haqida o'rgatganlar. Keyinchalik Farg'ona shahridagi "Neftchi" futbol maktabi jamoasi tarkibiga borib qo'shildim va respublikamiz miqyosida o'tkazilgan turli xil musobaqalarda ishtirok etdim, tajriba to'pladim.

"Yozyovon-Lochinlari" futbol klubiga futbolchi va murabbiy Zokirbek Nurmatovni tavsiyasiga ko'ra borib qo'shildim. Bu jamoaga kelib qo'shilishim bilan  tezda kirishib ketdim. "Yozyovon-Lochinlari" ahil jamoa ekan, futbolchilar bilan bir oiladekmiz. Ilk uchrashuvlarda jamoamizdagi tajribali futbolchilar meni qo'llab-quvvatlashdi, ulardan ko'p narsalarni o'rganmoqdaman.Umuman olganda bu jamoa safida o'ynayotganimdan xursandman.

"Yozyovon-Lochinlari" futbol klubi rahbariyati va murabbiylari bizga mashg'ulotlar o'tkazish, futbol o'ynash uchun barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Bilasizlar, jamoamizni tajribali murabbiy - Salimjon Zokirov boshqaradi. Bosh murabbiyimiz bizni yangi mavsumga munosib tarzda tayyorlamoqda deb o'ylayman.

Kelajakda o'z oldimga Superliga jamoalarida o'ynash, nasib qilsa milliy terma jamoamiz safida to'p surishni maqsad qilganman. Nasib qilsa meni qo'llab-quvvatlayotgan murabbiylarimni ishonchini oqlayman degan umiddaman.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика