So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  6 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  10 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  8 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  9 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0

Asilbek Begimqulov: “Birinchi ligada ko'p narsa talabga javob bermaydi” Yangiliklar

Asilbek Begimqulov: “Birinchi ligada ko'p narsa talabga javob bermaydi”

O'tgan mavsum oliy liganing “So'g'diyona” jamoasida harakat qilgan Asil Begimqulov bu yil birinchi liga jamoalarida to'p tepdi.

Birinchi mavsumni Buxoroning “Nurafshon” jamoasida o'tkazgan Begimqulov ikkinchi davrada ushbu jamoa safida 4 uchrashuv o'tkazib keyinchalik o'z ixtiyoriga ko'ra klubni takr etdi. Ayni damda Asilbek hech qaysi jamoada o'ynamayapti. Aksincha “Mashal” jamoasida o'z sport formasini ushlab turish uchun mashg'ulot o'tkazib turibdi. biz Asilbek Begimqulov bilan bog'lanib faoliyatida keskin o'zgarishga nima sabab bo'lganini bilish maqsadida undan intervyu oldik.

- Bilamizki siz o'tgan yili oliy liganing “So'g'diyona” jamoasi to'p tepgan edingiz. Bu yil esa Buxoroning “Nurafshon” jamoasida harakat qildingiz. Mavsum siz uchun qanday o'tdi?
- “Nurafshon” jamoasi rahbariyati mavsum avvalida menga taklif bilan chiqishgandi. O'shanda klub oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'shilganini aytishgandi. Ushbu taklifga rozi bo'lib jamoaga kelgandim. chempionatning birinchi davrada yaxshi natijalar qayt etdik. Ikkinchi davrada esa jamoa muammolar girdobida qoldi. Klubda moliyaviy muammolari paydo bo'lgani sababli mahalliy futbolchilar musobaqani davom ettirib qo'yishdi. Ikkinchi davrada bor yzg'i 4 marotaba maydonga tushdim va 3 ta o'yinda g'alaba qozondik. Qolgan o'yinlarning faqat bittasida g'alaba qozonishdi. To'rtta uchrashuv o'tkazib jamoani tark etganman.

Hozircha “Mashal” jamoasida sport formamni ushlab turish uchun mashg'ulotlar o'tkazib turibman. Lekin jamoa bilan shartnoma tuzganim yo'q. Mavsum avvalida 3, 4 ta jamoalar bilan bog'langanimda biz PFLga zayavkani topshirdik, deyishgandi. SHu bilan bu yilgi oliy liga bahslarida ishtirok eta olmadim. Toshkentning “Oq-tepa” jamoasiga o'tganimda “Nurafshon” bizda oliy ligaga chiqish uchun vazifa bor, deb meni o'z tarkibiga qo'shib oldi. U erda Farrux Haydarov va Mixail Spiridonov bilan birga oldimizga vazifa qo'yilgan deyishgani uchun “Nurafshon” jamoasini sharafini birinchi davrada himoya qildim. “Nurafshon” rahbariyati jamoaga homiy topildi, ular bilan shartnoma imzoladik deb aytishgandi. Bir oy vaqt o'tgandan keyin “Nurafshon” klubi bilan kelishuvga erishdim. Avvaliga rahbariyat bizga maosh berib turgandi. Keyinchalik oylik maosh ham bershmadi. Biroz sabr qilib turinglar maosh berib qolishadi deyishdi.

Birinchi davra yakuniga etgunicha jamoada to'p tepib turdik. Ikkinchi davrada boshqa jamoalardan takliflar bo'ldi. Ammo “Nurafshon” jamoasi raxbariyati menga xujjatlaringni bermaymiz, shu erda o'ynaysan deya takidlashdi. Ikknchi davraja to'rtta tur o'yin o'tkazdim va homiyimiz yo'q deyishgandan keyin jamoani tark etdim. To'g'risi, o'zimda birinchi ligada o'ynash ishtiyoqim yo'q edi. Baribir oliy liga bahslari boshqacha. SHundan beri “Mashal” jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazib turibman.


- Siz “So'g'diyona” jamoasida to'p tepgansiz. Ushbu klubdan ketishingizga nima sabab bo'lgan?
- “So'g'diyona”dan ketishimga ayrim sabablar bor edi. Barcha biladi o'tgan yili ushbu klubda jamoa sardori bo'lib maydonda harakat qilganman. CHempionat boshlanishidan avval “So'g'diyona”ni tark etdim. Bir tomondan klub bilan tuzgan shartnomam ham yakuniga etgandi. Yangi shartnoma menga taklif qilishdi, lekin ularning menga qilib beradigan sharoitlari to'g'ri kelmadi.

- Birinchi ligadagi muammolar haqida qanday fikr bildirasiz?
- Birinchi ligada ishtirok etuvchi jamoalarning yarmidan ko'prog'ida moliyaviy muammolar bor. Birinchi liganing eng dolzarb muammolari maydonlar. Maydon holati deyarli talabga javob bermaydi. Misol uchun oliy liga jamoalarida avvallari yaxshi talabga javob beradigan maydonlar kam edi. Hozirgi kunga kelib O'zbekistonda talabga javob bermaydigan maydonlar qolmagan. Barcha jamoalarning maydonlari Jahon talabga javob beradi. Birinchi ligada ham yaxshi maydonlar bor, ammo ular kamchilikni tashkil etadi. “Mashal”, “Norin”, “Lokomotiv-BFK” jamoalarining maydonlari alo darajada. “Zomin” jamoasining maydoni yaxshi edi. Ammo hozirgi kunga kelib u erdagi maydon ham yomon ahvolga kelib qolgan. Umumiy qilib aytganda birinchi ligada ko'p narsa talabga javob bermaydi. Yaxshi tarafi birinchi ligada ikkita yosh futbolchi maydonda bo'lishi kerak. Birinchi ligada ko'proq yoshlarimizgi imkoniyat yaratilgan.

- Ayni damda “Mashal” jamoasidasiz klub bilan shartnoma tuzdingizmi yoki boshqa jamoalardan takliflar bormi?
- Hozircha “Mashal” jamoasi raxbariyati bilan kelishib olganim yo'q. Tez kunda yangilik bo'lib qolar.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика