"ASIAN FIGHT-2017"da bizni nimalar kutmoqda? Matbuot anjumanida barcha savollarga javob berildi!
30 avg 2017 16:28
Yangiliklar


"ASIAN FIGHT-2017"da bizni nimalar kutmoqda? Matbuot anjumanida barcha savollarga javob berildi!
Ushbu jang kechasida 9 nafar o'zbek sportchimiz jahon sportchilariga qarshi
ringga chiqadilar. Bugun O'zbekiston milliy kutubxonasida mazkur tadbir
tashkiliy qo'mitasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Jamshid
Xojiakbarov va Sabina Berdievalar olib borgan tadbirda O'zbekiston
Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi vakili Nazirjon
Xudoyqulov, O'zbekistonda sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi
raisi Eduard Li, O'zbekiston penchak silat federaciyasi raiyi Aziz
Jo'raboev, "O'zMobayl" direktori Vladimir Kravchenko va marketing bo'limi
rahbari Akmal Umarovlar, shuningdek, 9 sentyabr kuni jang o'tkazadigan
sportchi Muhammadali Toshturg'unovlar ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanini O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi vakili Nazirjon Xudoyqulov boshlab berdi:
"Assalomu
alaykum. Eng avvalro barchangizni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan chin
qalbimdan muborakbod etaman. 9 sentyabr kuni farmonga asosan "Asian
Fight-2017" musobaqasi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbir penchak silat federaciyasi
va sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi bilan birga tashkil
qilinmoqda. Bundan maqsad yurtimizda sharq yakkakurashlarini rivojlantirish.
Umid qilamanki, ushbu turnir ko'tarinki ruxda o'tadi".
SHundan so'ng so'z O'zbekiston sharq yakkakurashlari va jang sanatini rivojlantirish markazi raisi Eduard Liga berildi:
"Markazimiz
bunday yirik tadbirlarni tashkil qilish tajribasiga eka. Biz bungacha
kikboks, dzyudo, karate, taekvondo bo'yicha ham yirik musobaqalarni tashkil
qilganmiz. Maqsadimiz, sharq yakkakurashlarining professional yo'nalishini
O'zbekistonda ham rivojlantirish. Mamlakatimiz yakkakurashlar bo'yicha etakchi
mamlakatlar sarasiga kiradi. Sizlarni mana shunday yirik tadbir
o'tkazilayotgani bilan tabriklamoqchiman".
O'zbekiston penchak silat federaciyasi prezidenti Aziz Jo'raboev:
"2015
yilda O'zbekistonda penchak silatning professional ligasini tuzishni
rejalashtirgandik. Mana, faoliyatni boshlab oldik. Sportchilarni musobaqaga
tanlashda ularni yuqori natijaga erishganiga alohida etibor qaratganmiz.
Jahon va Osiyo chempionatlarida g'oliblikni qo'lga kiritib bo'lgan
sportchilarni ko'chada qolib ketmasligini yoki sportdan uzoqlashib
ketmasligini istardik. SHarq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi bilan
maslahatlashib, ularni o'z federaciyamizda birlashtirdik. Ushbu sportchilar
boshqa yakkakurashlarda ham katta yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Masalan,
Malayaziyada mikst silat bo'yicha bo'lib o'tgan turnirda sportchilarimiz
Hasanxon Baratov va Isroil Rasulovlar chempionlik kamarlarini qo'lga
kiritganlar. Bu katta musobaqa edi. Buni juda katta natijaligini alohida
takidlab o'tishimiz lozim. SHundan so'ng biz ham katta tadbir tashkil
qilishni maqsad qildik. Buni O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi
hamda sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi qo'llab-quvvatladi.
"UzMobayl" kompaniyasi yordam berdi. SHuningdek, boshqa homilylar ham
qo'llab-quvvatladilar. Ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman".
"UzMobayl" kompaniyasi direktori:
"Bu
erda ekanligimdan xursandman. Bayram bilan barchani tabriklayman. Mana
shunday turnirga rasmiy hamkor bo'lish biz uchun sharafdir. Bundan judayam
xursandman. Biz bunday tadbirlarni qo'llab-quvvatlashga doimo tayyormiz".
Jang oqshomida ringga chiqadigan sportchi Muhammadali Toshturg'unov:
"Nasib qilsa ushbu shou mustaqilligimizning 26 yilligiga sovg'a bo'ladi.
Biz sportchilar ham shunga harakat qilmoqdamiz. O'rta Osiyoda bunday tadbir
ilk marotaba tashkil qilinmoqda. Bu katta tadbir bo'ladi. SHuningdek, juda
ko'p tomoshabinlar oldida masuliyat ham katta bo'ladi. Maqsadimiz, faqat va
faqat g'alaba qozonish. Jangga qattiq tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'z
vatanimizda bo'lib o'tadigan turnirda yuzimiz yorug' bo'lishi uchun mehnat
qilyapmiz. Nasib qilsa, bu bayram sovg'asi bo'ladi".
SHundan so'ng jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan matbuot anjumani ishtirokchilariga murojaat qildilar:
-
Eng avvalo mana shunday katta tadbir tashkil etilayotgani bilan sizlarni
ham tabriklayman. Savolim shundan iboratki, bunday shou tadbirlarni
kelajakda ananaviy tarzda o'tkazish bo'yicha rejalar bormi?
-
Bunday tadbir O'zbekistonda birinchi marotaba o'tkazilmoqda. Uni ananaviy
tarzda o'tkazishni maqsad qilganmiz. Birinchisi shou sifatida o'tkazilmoqda.
Keyingilari reytingga qarab, ananaviy tarzda tashkil qilinadi. Jahon
chempionatini ham O'zbekistonda o'tkazish istagimiz bor.
- Jang oqshomida ringga chiqqan sportchilarga beriladigan mukofot puli qanday bo'ladi?
-
Sportchilar professionallardir. Ular havaskorlardan farqli ravishda o'z
ishini ustalari hisoblanadilar. Sport ular uchun daromad manbai, kasb
hisoblanadi. Ular albatta mukofotlanadilar. Homiylar va federaciya
tomonidan pul ajratiladi. Miqdori? Daromadga qarab belgilanadi. Oldindan
bir narsa deya olmayman. Bu tijoriy tadbir hisoblanadi.
- Penchak silat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasini shakllantirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
-
Federaciya qoshida liga tuzishdan maqsad ham shu. Bu erga o'z sporti
ustalarini taklif etganmiz. Ular bilan tadbirlarni davomiy tarzda
o'tkazmoqchimiz.
- Mikst silat qoidalari qanday bo'ladi?
-
Mikst silatga kurash usullari qo'shilgan. Qonun qoidalarida MMAdan farqli
ravishda parter holatida biroz o'zgarishlar bo'ladi. MMAda yotgan holatda
tizza va tirsak zarbalarini berish mumkin. Professional silatda esa
bunday holatda faqat kurash usulida harakat qilinadi. Parterda qo'lda
zarba berish mumkin. Qo'lqoplar bo'ladi. MMAga nisbatan jarohat olish
ehtimoli kamroq bo'ladi. To'qnashuvda 10 sekund ichida sportchilarda
harakatlanish bo'lmasa, ular ajratib olinadi.
- Savolim Muhammadali Toshturg'unovga. Muhammadali, siz asosan kikboks bilan shug'ullangansiz. Jang vaqtida parterda qiynalmaysizmi?
-
Men asosan kikboks bilan shug'ullanganman. Bundan tashqari erkin kurash,
jangovor sambo, shuningdek, universal janglarda qatnashganman. Universal
jang bo'yicha jahon chempionati sovrindoriman. Xabaringiz bo'lsa, UFC, MMA
jangchilarida o'z sport turi bor. Masalan, men kurashchi bilan kurash tushsam
yutqazishim mumkin. Agar unga kurash uslubida harakat qilishda yo'l bermasam,
raqibni o'z nog'oramga o'ynata olaman. Ayni paytda, 9 sentyabr kungi
raqibimni janglarini ko'rib chiqyapman. Raqibim ham meni kuzatayotganligi
aniq. U asosan qo'l va oyoqda jang qiladigan sportchi hisoblanadi. Mikst
silatda 4-5 xil sport turini mukammal bilgan sportchi ishtirok eta oladi.
- "Asian Fight-2017" turnirida Jan Klod van Dammning o'rni qanday? U O'zbekistonda nimalar qiladi?
-
Musobaqa uchun reja tuzayotganimizda muxlislarimizni nima bilan qiziqtira
olishimiz mumkinligi haqida savol bor edi. Xalqni etiborini tortish uchun
aynan jahon yulduzini tanladik. Aynan van Damm sababli ham bizda ayni
paytda ajiotaj kuzatilmoqda. U nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda
mashhur. Uni dunyo OAV vakillari ham kuzatadilar. Uning tashrifi musobaqaga
bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi. Tadbirga M1 federaciyasi rahbari ham
tashrif buyurishi kutilmoqda. CHiptalarni so'rab qo'shni mamlakatlar
Qozog'iston, Qirg'izistondan ham qo'ng'iroqlar bo'lmoqda. Jahon chempioni
hisoblangan Mahmud Murodov sabab Pragadan 20 nafardan ortiq muxlis
tashrif buyurmoqchi. Bunday tadbirlar orqali O'zbekistonni yanada tanitib
olamiz. Van Dammni ko'rish imkoniyati doim ham bo'lavermaydi. Bungacha uni
faqat TV orqali ko'rganmiz.
- Ushbu musobaqada Sunnat Ilyasovning qanday vazifani bajarmoqda?
-
Musobaqani o'tkazishda O'zbekiston penchak silat federaciyasi professional
ligasi raisi Sunnat Ilyasovning hissasi katta bo'lmoqda. U federaciyamizga
o'z maslahatlari bilan katta yordam bermoqda. Sportchilarni tanlab olishda
ham uning hissasi bo'ldi.
- Tadbirga Fedor Emelyanenko kelishi haqida malumot berilgandi...
-
Boshida Emelyanenko ushbu tadbirga kelish uchun og'zaki roziligini
bildirgandi. Keyin esa orada jang o'tkazib, mag'lubiyat uchradi. SHu narsa
tasir qildimi bilmadim, vaqti tig'izligini aytib, kelolomasligini malum
qildi.
- "UzMobayl" kompaniyasi nima uchun aynan mikst silat turniriga hamkor bo'lishni lozim topdi?
-
Kompaniyamiz bunday tadbirlarda ishtirok etishga doimo tayyor. Maqsadimiz,
ushbu tadbir orqali yoshlarga sportga qiziqishni orttirish. Nima uchun penchak
silat? Biz boshqa ko'plab sport turlarida ishlaganmiz. Boks, kikboks
tadbirlarida ham bo'lganmiz. Maqsad aynan qaysidir sport turini qo'llash
emas, O'zbekistonda sportni rivojlanishga yordam berish. Kompaniyamiz nafaqat
penchak silat, balki, boshqa sport turlarida ham ishlashga tayyor.
- "Bunyodkor" stadionini to'ldirish imkoniyati qanday? Stadion 9 sentyabr kuni to'ladi deb o'ylaysizmi?
-
Musobaqa yodda qoladigan bo'lishini istaymiz. Turnir navbatdagi
tadbirlarga tramplin vazifasini bajarishi kerak. Tadbirga qiziqish katta.
CHiptalarning eng arzoni 50 ming so'm. Qimmati esa 300 ming so'm bo'ladi.
Ushbu narxlar joyga, sharoitga qarab belgilangan. Menimcha, bu qimmat narx
hisoblanmaydi.
Matbuot anjumanini Jamshid Hojiakbarov va Sabina Berdievalar olib borishdi
- Tadbir TV orqali jonli efirda namoyish etiladimi?
-
Translyaciya bo'yicha "Milliy TV" hamkorimiz hisoblanadi. Tadbir jonli
efirda namoyish etilmaydi. "Milliy TV" orqali yozib olingan holatda
ko'rsatiladi. Ushbu turnirning axborot hamkorlari "Milliy TV, "Oriyat Dono"
radiosi, "Olamsport.com" hamda "Championat.asia" saytlari
hisoblanadilar. Aynan ular tabbirni eksklyuziv yoritish imkoniyatiga ega
bo'ladilar. Biz muxlislarimiz ushbu tadbirni stadionga kelib, jonli
ravishda ko'rishlarini istaymiz.
- Tadbir qanday qoidalar asosida bo'ladi? Rindami? Necha raund va necha daqiqadan iborat bo'ladi?
-
Janglar 6 burchakli ringda o'tkaziladi. Xar bir janglar uch raund bo'ladi.
Bir raund 5 daqiqa davom etadi. Barchasi professional qoidalar asosida
tashkil qilinadi.
- 9 sentyabr kungi reja qanday?
-
Tadbir soat 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Unga qadar esa
tomoshabinlar o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi chiqishlardan
bahramand bo'lishlari mumkin bo'ladi. SHouga ko'plab o'zbek shou-biznesi
vakillari taklif qilingan. Ochilish marosimidan so'ng janglar boshlanadi.
Orada Rossiya estradasi yulduzi "Lok Dog" ishtirok etadi. SHuningdek,
Tojikistondan ham sanatkorlar keladi. Alan CHerkasov boshlovchi sifatida
taklif qilingan. Ushbu tadbir uchun mahsus kuy bastalangan.
Aziz To'xtamurodov
Foto: Tolibjon Qosimov
Marosimdan olingan suratlarni tomosha qiling

CHiptalarni qanday olish mumkin?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar