"Ashxobod-2017". O'zbekiston bugun finalda Eron bilan o'ynaydi
26 sen 2017 13:53
Yangiliklar
"Ashxobod-2017". O'zbekiston bugun finalda Eron bilan o'ynaydi
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston poytaxti Ashxobodda davom etayotgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida final o'yinini o'tkazadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz finalda Eronga qarshi bahs olib borishadi.
Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarining futzal bellashuvlarida bundan oldin faqat Eron chempion bo'lgan. Bugun forslar beshinchi bor bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun harakat qilishadi. Bizning terma jamoamiz esa shu kungacha ushbu musobaqada 3 bor bronza medalini qo'lga kiritgan. Demak, bugungi o'yin O'zbekiston uchun birinchi final bo'ladi.
"Ashxobod-2017"
Futzal, 3-o'rin uchun
26.09.2017
17:00. Afg'oniston - Yaponiya
Final
26.09.2017
19:00. Eron - O'zbekiston
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar