So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Ashraf Hakimi: "Ramazon oyida ertalabki mashg'ulotlar biroz qiyin bo'ladi" Yangiliklar

Ashraf Hakimi: "Ramazon oyida ertalabki mashg'ulotlar biroz qiyin bo'ladi"

Ashraf Hakimi Tvitter ijtimoiy tarmog'ida muxlislar savollariga javob berdi.

Etiboringizga Tvitter tarmog'ida yosh futbolchi va muxlislar o'rtasidagi muloqotni taqdim etamiz.

- Sizningcha Jahon CHempionati favoriti?
- Jahon chempionatida kuchli terma jamoalar juda ko'p, qaysidir birini ajratib ko'rsatish mushkul. Marokko - favorit emas, ammo biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

- Nima deb o'ylaysiz, 13-Kubokni yuta olamizmi?
- Kievga eng yaxshi sport formasida etib borish va muxlislarga quvonch xadya etish uchun biz har kuni chin dildan mehnat qilyapmiz. Ular bunga haqli.

- Krishtianuga bir so'z bilan tarif bering.
- Yirtqich.

- Bolalikdagi orzuingiz?
- Ona yurtim terma jamoasi safida maydonga tushish va "Real Madrid"da o'ynash.

- Kot-d'Ivuarga qarshi o'yin yakunlangani haqidagi hushtak chalinganda nimalarni his qildingiz?
- Jahon CHempionatiga chiqqanimizga, buni uddalaganimizga ishona olmasdim. O'sha vaqtdagi hissiyotlarni so'z bilan tariflab bo'lmaydi. Bu ajoyib edi. Yurtdoshlaring, butun mamlakatni baxtli qilganingni sezish juda yoqimli.

- Modrichga bir so'z bilan tarif bering.
- Miya.

- Dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi bilan birga, bir nuqtada o'ynash qanday? Undan nimalarni o'rganishingiz mumkin deb o'ylaysiz?
- Men har kuni u kabi futbolchi bilan elkama-elka shug'ullana olishimdan faxrlanaman. Karvaxal - men uchun o'rnak.

- Zidanga bir so'z bilan tarif bering.
- Elegant inson.

- Agar CHempionlar Ligasi finalida zafar quchsangiz, g'alabani qaerda nishonlaysiz?
- Sibelesda, yigitlar bilan birga.

- Qatorasiga uchinchi, umumiy hisobda esa 13-kubokni qo'lga kiritish, qanchalik haqiqatga yaqin?
- Bu ajoyib, shu bilan birga juda og'ir o'yin bo'ladi. Uzoq davom etgan mavsumning o'ziga xos yakuni. "Liverpul" o'z o'yini bilan finalga haqli ekanligini isbotlay oldi, ammo biz ham qator kuchli jamoalarni engib o'tdik.

- "Real" safidagi debyut o'yini...
- Bu istalgan futbolchining hayotidagi eng esda qolarli vaziyatlardan biri. Ustiga ustak, buning hammasi "Santyago Bernabeu"da sodir bo'lsa! Fantastik!

- Zidan sizga aytgan eng yaxshi maslahati?
- Har bir mashg'ulotdan kuchim boricha ishlash va o'zligimni yo'qotmaslik.  

- SHu palladayoq "Oltin to'p"ni topshirish kerak bo'lsa, u kimga nasib qilardi?
- Krishtianu Ronaldu.

- Bolalikdagi kumiringiz?
- Avval ham, hozir ham bu Marselo.

- Sevimli taomingiz?
- Kuskus.

- Ramazon oyi yaqinlashmoqda. Ro'za tutasizmi? Bu mashg'ulotlar vaqtida qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- Albatta, ha. Biroz qiyinroq. Ayniqsa, ertalabki mashg'ulotlarda. CHanqaganingizda suv icha olmaysiz.

- Ronalduning "Yuventus" darvozasiga urgan goliga bir so'z bilan tarif bering.
- Aqlbovar qilmas.

- Jahon CHempionatida pley-offga yo'l olish, siz uchun...
- Unutilmas voqea bo'lardi va bu biz uchun asosiy maqsad. Guruhimizda kuchli raqiblar bor ekanligini bilamiz, ayniqsa Portugaliya va Ispaniya bilan bellashuvlarni sabrsizlik bilan kutyapman.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика