Asensio "Nyukasl" bilan muzokaralar olib bormoqda
08 iyu 2022 12:47
Yangiliklar
Asensio "Nyukasl" bilan muzokaralar olib bormoqda
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Nyukasl" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Klub yozgi mavsumlar oralig'ida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Allaqachon bir necha katta transferlar amalga oshirildi. Marko Asensio ham bunga qo'shimcha sifatida Eddi Xau jamoasi tarkibiga qo'shilishi mumkin.
Futbolchining "Real" bilan shartnomasi kelasi yilda yakuniga etadi, bitimni uzaytirish borasida muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Asensioga "Nyukasl"dan tashqari "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Milan" davogarlik qilmoqda.
Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar