Asensio "Liverpul"ga emas, "Milan"ga o'tishni xohlaydi

Alisher
22 iyun 2022, 13:51
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio yozda klubdan ketishi mumkin.

26 yoshli o'yinchi "Liverpul"ga emas, "Milan"ga o'tishni afzal ko'radi. U Milan klubida katta ehtimol bilan asosiy tarkibda joy egallashiga ishonmoqda.

"Real" Asensio bilan 2015 yilning iyulida shartnoma imzolagan edi. U 2021/22 yilgi mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es