Asadbek Rahimjonov O'zbekiston U-23 mashg'ulotlariga qo'shildi
10 iyu 2023 09:43
Yangiliklar


Asadbek Rahimjonov O'zbekiston U-23 mashg'ulotlariga qo'shildi
Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi shu kunlarda poytaxtimizda yig'in o'tkazmoqda.
Olimpiyachilarimiz "Bunyodkor" akademiyasida mashg'ulot olib borishyapti.
"Bunyodkor" markaziy himoyachisi Jahongir O'rozov shahsiy sabablarga ko'ra 2 kunga ruxsat so'ragandi va u kechadan boshlab safga qaytishi lozim edi. Lekin u kechagi mashg'ulotlarda ko'rinish bermadi.
Aftidan murabbiy uning o'rniga "Olimpik" markaziy himoyachisi Asadbek Rahimjonovni terma jamoaga jalb etgan. U kechagi mashg'ulotlarda terma jamoa safida shug'ullandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar