So’nggi yangiliklar

11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  1 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  18 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  5 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  9 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0

ARXIV. Aliqulovning "Paxtakor"dagi so'nggi bahsi, markaziy hujumda o'ynagan Jasur Hasanov, Geynrixdan supergol. 2009 yilgi Toshkent derbisini yodga olamiz Yangiliklar

ARXIV. Aliqulovning "Paxtakor"dagi so'nggi bahsi, markaziy hujumda o'ynagan Jasur Hasanov, Geynrixdan supergol. 2009 yilgi Toshkent derbisini yodga olamiz

Video arxiv ruknimiz davom etadi.

2009 yilgi Oliy liganing 11-turida muxlislar bilan to'lib toshgan "Jar" stadionida Toshkent derbisi bo'lib o'tgandi. Skolari boshchiligidagi "Bunyodkor" Viktor Jalilov boshchiligidagi "Paxtakor"ni qabul qilgandi. O'sha o'yinga "Bunyodkor" 14ta o'yinda 14ta g'alab, "Paxtakor" esa 14ta o'yinda 11ta g'alaba va 3ta durang qayd etib mag'lubiyatsiz etib kelishgandi. 

Uchrashuvdagi hisob 21-daqiqada ochiladi. Rivaldoning aqlli to'p uzatishidan keyin Jasur Hasanov katta tezlikda oldinga o'tib to'pni jarima maydoni markaziga uzatadi, bu erda tajribali himoyachi Asror Aliqulov xavfni baratarf etaman deb kutilmaganda avtogol muallifiga aylanadi - 1:0. Agar to'p Aliqulovdan o'tib ketganida uning ortida turgan Vilyanueva baribir gol urardi. Afsuski mazkur bahs Aliqulov uchun "Paxtakor" libosidagi so'nggi o'yin bo'lib qoladi. O'sha uchrashuvning 61-daqiqasida almashtirilgan himoyachi boshqa "sherlar" tarkibida umuman maydonga tushmaydi.

Oradan 6 daqiqa o'tgach Xayrulla Karimov Ravshan Ermatovdan ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etadi. Skolari darhol hujumda o'ynayotgan chililik hujumchi Xose Luis Vilyanuevaning o'rniga himoyachi Baxtiyor Ashurmatovni tushiradi. SHudan so'ng markaziy hujumchi rolida gohida Jasur Hasanov, gohida Server Jeparov paydo bo'la boshlashadi.

Ikkinchi taym o'rtalarida markazdagi xatodan keyin Rivaldo yana bir aqlli to'p uzatishni amalga oshiradi, bu safar ham Hasanov to'pni egallab Timur Jo'raevni aldab bo'sh darvozani ishg'ol qiladi - 2:0. 

71-daqiqada uchrashuvni bezab bergan gol uriladi. O'zi ishlagan jarima to'pini Aleksandr Geynrix ajoyib tarzda amalga oshiradi - 2:1. 

Qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmaydi va "Bunyodkor" principial raqibi ustidan g'alabaga erishadi. "Paxtakor" mavsumdagi birinchi mag'lubiyatini shu tariqa qabul qilib oladi. 



BUNYODKOR - PAXTAKOR - 2:1 (1:0)

12.07.2009. 11-tur. Toshkent. "Jar" stadioni. 9251 tomoshabin.

Hakam:
Ermatov Ravshan - 9,8

Gollar:
1:0 - Aliqulov Asror (avtogol), 21
2:0 - Hasanov Jasur O., 58
2:1 - Geynrix Aleksandr, 71

BUNYODKOR: Zuhurov Murod; Karimov Xayrulla; G'ofurov Anvar; Jo'raev Sahob; Edson Ramos; Joao Viktor; Haydarov Aziz; Hasanov Jasur O. (Karpenko Viktor, 79); Jeparov Server (Kapadze Timur, 83); Rivaldo Vitor Borba; Vilyanueva Xose Luis (Ashurmatov Baxtiyor, 33).

PAXTAKOR: Jo'raev Timur; Aliqulov Asror (Tojiev Farhod, 62); Miladinovich Boyan; Suyunov Ilhom; Tojiev Kamoliddin; Ismoilov Anzur (Xolmatov Akmal, 72); Ahmedov Odil; Karimov SHerzod (Magdeev Ildar, 42); Andreev Stanislav; Geynrix Aleksandr; Tojiev Zayniddin.

Ogohlantirishlar: Karimov Xayrulla, 6; Ismoilov Anzur, 6; Hasanov Jasur O., 9; Karimov SHerzod, 9; Jeparov Server, 13; Ahmedov Odil, 39; Jo'raev Sahob, 47; Tojiev Zayniddin, 50; Tojiev Farhod, 64
CHetlatish: Karimov Xayrulla, 27 (2SK).




Videoni taqdim etgani uchun Bahodir Mirzaevga saytimiz o'quvchilari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика