So’nggi yangiliklar

16:55АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:30"Челси" вакили 2018 йилнинг сентябридан буён илк бор АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси бўлди  0 16:05Гавининг тикланиш жараёни ноябрь ойигача чўзилиши мумкин  0 15:41Рис Жеймс машғулотларга қайтди  0 15:14"Боруссия" Дортмунд таркибни "Челси" ҳужумчиси билан кучайтирмоқчи  3 14:47FIFPro ФИФАни судга бермоқчи  2 14:20"Динамо"га трансфер тақиқи қўйилди  5 13:55"Манчестер Юнайтед"нинг 2 футболчиси умумий гуруҳга қайтди  2 13:29"Ливерпуль" ярим ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этади  1 13:00"Атлетико" "Ювентус" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:36Амрабат – "Милан"нинг ёзги мақсади  2 12:10Футзал бўйича Олий лига. БМБ Акбар Усмонов пента-трикка эришган ўйинда "Жиззах"га 9 та гол уриб, чемпионликни тантана қилди!  6 11:43"Ливерпуль" хавбеки АПЛ ва Бундеслигани солиштирди  0 11:19"Ливерпуль" "Спортинг" футболчиси учун курашда МЮдан олдинда  1 10:48«Барселона» жаҳон чемпиони билан шартнома тузишга яқин  12

Arveladzedan kutilmagan yurish yoxud "Paxtakor"ning transfer kampaniyasi haqida Yangiliklar

Arveladzedan kutilmagan yurish yoxud "Paxtakor"ning transfer kampaniyasi haqida

Yangi mavsumga taraddud ko'rayotgan "Paxtakor" nihoyat jamoa uchun muhim bo'lgan transferlarni amalga oshirdi.

Dastlab transfer oynasida "Loko" peshqadamlarga xos tarzda ildamroq harakat qilayotgandi. OCHLda ishtirok etadigan yana bir jamoamiz AGMK ham selekciya ishlarini ancha avvalroq boshlab, kerakli transferlarga qo'l urgandi. Faqatgina "Paxtakor" tomondan hech qanday shovqin ko'tarilmayotgandi.

To'g'ri, jamoa transfer bozorining dastlabki kunlarida iqtidor egalari sanalgan Akrom Komilov va Sardor Sobirxo'jaevni olishga erishdi. Biroq jamoadan ketgan futbolchilar ko'pligi fonida ushbu ikkita transfer ahamiyati darhol sezilmadi.

"Paxtakor"ning aksariyat futbolchilari terma jamoa safida bo'lganligi va ko'plab o'yinchilar ketgani bois mavsumga tayyorgarlik bosqichining dastlabki rejasiga o'zgartirish kiritilgandi. Turkiya yig'ini aynan tarkibda futbolchi etishmasligi tufayli bekor qilingandi.

SHota Arveladze boshchiligida rejalashtirilgan transfer siyosati ko'p jihatdan Osiyo Kubogiga bog'liqligi bois jamoa bu ishni paysalga solib turdi. Aynan mazkur qita chempionati SHota Arveladzega futbolchi tanlash imkoniyatini yaratdi. Bu orada esa Osiyo Kubogida o'zini har taraflama yaxshi ko'rsatgan Jaloliddin Masharipov va Egor Krimec bilan o'rtadagi bitimni uzaytirishga erishildi. Musobaqa davomida o'z o'yinlari bilan iliq taassurot qoldirgan Dostonbek Hamdamov xarid qilindi. Marat Bikmaev esa superligadagi o'yinlari orqali Arveladzega yoqib qolgani aniq. SHu boisdan ham superliganing asosiy "snayperi" o'z uyiga, yani "Paxtakor"ga qaytarildi.


"Paxtakor"dan ketganlar ro'yxati:
Darvozabon: Aleksandr Lobanov
Himoyachilar: Kamoliddin Tojiev, Akmal SHorahmedov,
Yarim himoyachi: Jamshid Iskanderov  
Hujumchilar: Ismoil Gonsalvesh, Tiago Bezerra

Lobanov o'tgan mavsum raqobatda Suyunovga yutqazdi. Qo'shimchasiga "Paxtakor" Sanjar Quvvatovni Suyunovga raqobat tug'dirish uchun olib kelgani Lobanovga chiqish eshiklarini ko'rsatdi. Har holda istalgan jamoada birinchi raqam uchun raqobat tug'dira oladigan kiper "Paxtakor"da uchinchi darvozabon bo'lishni istamadi va "Metallurg"ga yo'l oldi. Kamoliddin Tojiev o'zining eng yorqin davrlarini "Paxtakor"da o'tkazgan. O'tgan mavsum to'laqonli zaxira futbolchisiga aylangan Tojiev boshqa jamoada hali bemalol o'ynay olishini tushungan holda "Metallurg" variantini maqul ko'rdi. O'tgan yili o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etolmagan SHorahmedov Arveladze ishonchini qozona olmadi va ustozi Mirjalol Qosimov qo'l ostida o'ynashga ketdi. Arveladze Iskanderovga malum imkoniyat taqdim etdi. Lekin futbolchi muhim bahslardagi xatolari evaziga zaxira futbolchisiga aylandi. Legionerlardan garchi ko'p gol urgan bo'lsada eng ko'p tanqidga uchragan Ismoil Gonsalvesh jamoa bilan xayrlashdi. Superligada eng yaxshi futbolchi va to'purarga aylangan Tiago Bezerra ham Toshkentdagi faoliyatiga yakun yasadi. Jamoani tark etganlar orasidan o'tgan yili asosiy tarkib futbolchisi sanalgan uch nafar futbolchi - Akmal SHorahmedov, Tiago Bezerra va Gonsalvesh ketdi. Qolganlar esa asosan zaxirada o'tirishgani va o'yin amaliyotisiz qolishgani tufayli ham ketishdi. Tabiiyki bu jamoa uchun yo'qotishga aylanmaydi. CHunki klub selekciya ishlari orqali bu yo'qotishlar o'rnini qoplash bilan birgalikda, yaxshigina kuchayishga ham erishdi.


Jamoaga kelgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabon: Sanjar Quvvatov
Himoyachi: Akrom Komilov
Yarim himoyachi: Sardor Sobirxo'jaev, Dostonbek Hamdamov
Hujumchi: Marat Bikmaev

Darvozabonlar masalasi tushunarli. Birnchidan, asosiy kiper sanalgan Suyunovga raqobat tug'dirish maqsadida Quvvatovga murojaat qilindi. SHuningdek, Suyunov ayni paytda eski jarohatini yangilab olgan va qachon safga qaytishi nomalum. "Paxtakor" esa fevraldayoq OCHLdagi yurishini boshlashi kerak. SHu boisdan ham jamoa tajribali va tayyor darvozabonga ehtiyoj sezgani uchun ham Quvvatov transferi amalga oshirildi. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan jamoa uchun ikkita yuqori saviyadagi kiper bo'lishi shart. Bu taraflama "Paxtakor" juda to'g'ri ish qilganini takidlash mumkin. Eldor Suyunov o'tgan mavsumda Lobanovni zaxiraga o'tkazgandi. Bu yili esa uning raqobatchisi eski-yangi hisoblangan Quvvatov bo'ladi. Suyunov jamoada kim birinchi ekanligini qaytadan isbotlashiga to'g'ri keladi. Sanjar Quvvatov ham bekorga va bejizga "Paxtakor"ga kelmaganini isbotlash uchun qattiq ishlashi tayin. Bundan esa avvalo jamoa yutadi.

Akrom Komilov masalasiga keladigan bo'lsak, bu transfer har taraflama foydali ekanligini takidlash mumkin. Akrom Komilov yuqori istedod va iqtidor sohibi. Komilov xarakter jihatidan ham agressiv va qiziqqon futbolchi. Akrom aynan hujumkor futbolni xush ko'radigan va Arveladzening o'yin falsafasiga mos tushadigan qanot himoyachisi. SHorahmedov ketganidan so'ng bo'shab qoladigan o'rinni esa o'tgan mavsumda chap qanot himoyachisi rolida o'ynagan Sayfiev yopadi. Bu qanot esa Komilov bilan to'ldiriladi. SHu tariqa Arveladze har ikkala qanotda xarakter va o'yin jihatidan agressiv va qiziqqon futbolchilarga ega bo'ladi.


O'tgan mavsumda eng ko'p muammo bo'lgan va aksariyat uchrashuvlarda aynan markazdagi bo'shliq tufayli pand egan "Paxtakor" bu nuqtaga dastlabki transferni Sardor Sobirxo'jaev bilan amalga oshirdi. Aslida shu jamoa tarbiyalanuvchisi sanalgan Sardor o'z uyiga qaytdi. Sobirxo'jaev "Paxtakor" uslubida pas o'ynashni yaxshi ko'radigan futbolchi. Uning assistentlik mahoratini inobatga oladigan bo'lsak, Arveladze istaydigan futbolni namoyish etishda Sobirxo'jaevda muammolar paydo bo'lmasligini taxmin qilish mumkin. Superliganing eng yaxshi assistentini qo'lga kiritish istalgan jamoa uchun foydaga xizmat qiladi. Hozirgi holatga real qaraydigan bo'lsak, jamoadan ketgan Iskanderov o'rniga Sobirxo'jaevni kelishi kuchayishdan dalolat.


Transferlar ichidan eng kutilmagani va jarangdori bo'lgan Doston Hamdamovni "Paxtakor" libosida ko'rish juda qiziqarli bo'ladi. "Anji"dagi qisqa faoliyati davomida futbolchi baribir yangi darajaga ko'tarilgani, o'yin sifatini oshirgani Osiyo Kubogida yaqqol ko'rindi. Har holda asosiy tarkib futbolchisi ekanligini isbotlay olgan va to'psiz ham katta hajmdagi ishni bajargan Hamdamov "Paxtakor"ning eng yaxshi transferlaridan biriga aylandi. Katta transfer. Rossiya klubidan futbolchini ortga qaytarish oson ish emas. Doston uchun orqaga tashlangan qadam deyishga esa shoshilmagan maqul. Kelajagi so'roq ostida qolgan jamoaga borgan va u erda o'z joyini to'liq topolmagan Hamdamovga "Paxtakor" tramplin vazifasini o'tab beradi. CHunki klub o'z oldiga jiddiy vazifalarni belgilab olgan. OCHLda o'zining yaxshi sifatlarini ko'z-ko'z qilish orqali Hamdamov qaytadan kashf etilishi mumkin.


Hujumdagi bo'shliq Marat Bikmaev orqali yopishga urinildi. Superligada to'purarlik qobiliyatini barqaror namoyish etib kelayotgan Bikmaev "Paxtakor"ga ichki chempionat va OCHLda ham ko'maklashishi talab etiladi. Bu transfer orqali "Paxtakor" nafaqat hujum chizig'ini kuchaytirdi, balki Iskanderovni o'z safiga qo'shib olgan to'g'ridan-to'g'ri principial raqibi "Lokomotiv"ga munosib javob qaytardi. "Loko"ga zaxira futbolchisini berib yuborib, raqobatchilarining etakchisini olib qo'yish transfer bozoridagi yana bir chiroyli yurishga aylandi. Qisqa qilib aytganda, "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'zlarining 10-raqam egalarini almashib olishdi.

Mazkur xaridlardan tashqari "Paxtakor" shartnomasi tugagan ikki etakchi futbolchilari, markaziy himoyachi Egor Krimec va qanot vingeri Jaloliddin Masharipovni ham jamoada qolishga ko'ndirdi. Hujumda Igor Sergeev olib qolindi. Ayni paytda Arveladze qo'l ostida asosiy jamoa o'zagi bo'ladigan kamida 18 nafar futbolchi mavjud.

Darvozabonlar masalasi aniq. Tanlov va raqobat borasida muammo yo'q. Qanot himoyasida kim asosiy futbolchi bo'lishi malum. Zaxira sifatida yoshlar jamoasidagi Alijonov va Salimov mavjud. Markaziy himoyada esa Arveladzeda Azamov, Krimec va Simich tanlovi bor. Transfer oynasi yopilguniga qadar markazga yana bir himoyachi jalb etilishi mumkin. Markazda esa Rahmatullaev, Ahmedov, Ahmadov, Sobirxo'jaev tanlovi mavjud. Katta ehtimol aynan shu nuqtaga tez orada jamoaga tajribali legioner futbolchi olib kelinadi. Bu orqali "Paxtakor" markazdagi muammoni hal etishga urinib ko'radi. Hujumchi ortida o'ynashi mumkin bo'lgan futbolchilar ham etarli. Arveladze bu borada CHeran yoki Abduraximov xizmatiga murojaat qilishi mumkin. Qanot vingerlari borasida esa muammo tug'ilmasa kerak. CHunki murabbiyi bu nuqtada Hamdamov, Masharipov va Yaxshiboev tanloviga ega. Turg'unboev masalasi esa hozircha ochiq qolmoqda. Markaziy hujumda esa Sergeev va Bikmaev raqobati kuzatiladi.

Hozir chiziqlar va poziciya bo'yicha futbolchilarni joylashuvini tahlil qildik. Tarkibda shuningdek universal maqomga ega futbolchilar ham talaygina: Kozak, Abduraximov va Bikmaev. Kozak kerak paytda chap qanot himoyasida yoki markazda o'ynashi mumkin. Abduraximov qanot vingeri va markazda hujumchi ortida bemalol o'ynay oladi. Bikmaev esa hujumkor vinger va markaziy hujumchi rolida ham o'ynay olishini isbotlagan.

Hozirgacha qo'l urilgan xarid va transferlardan xulosa qiladigan bo'lsak, deyarli barcha chiziqlarda raqobat yangitdan uyg'olitlganini ko'ramiz. Mavjud tarkib yanada kuchaytirildi. Katta yo'qotishlarga duch kelinmadi. Aksincha, bir qator futbolchilarga garchi xorijdan yaxshigina takliflar kelib turganiga qaramasdan ularni jamoada olib qolish uddalandi. Bu esa jamoaning yangi mavsumda o'z oldiga qo'ygan vazifa qanchalik jiddiyligini anglatib turibdi.


Bu bilan "Paxtakor"da transfer kompaniyasi tugadi deyish fikridan yiroqmiz. Jamoaning OCHL guruh bosqichiga chiqishiga ham ko'p narsa bog'liq. Agarda bu vazifa uddalansa, bazi kemtik qolgan nuqtalarga yanada yangi nomlar jalb etilishi ehtimoli yo'q emas.


SHahboz Beg'amov

Reyting: -88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика