So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  1 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

Arveladze: "Meni oldimga kuchli uchtalikka kirish vazifasi qo'yilgandi" Yangiliklar

Arveladze: "Meni oldimga kuchli uchtalikka kirish vazifasi qo'yilgandi"

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze uchrashuv borasida fikr bildirdi.

- Bu bizning o'z uyimizdagi oxirgi uchrashuvimiz bo'ldi. Birinchi navbatda men muxlislarimizga tashakkur bildiraman. Mavsum biz uchun oson o'tmadi. Ayniqsa mavsum starti ko'ngildagidek boshlanmagandi. Ammo shunga qaramay ishqibozlar tashrifi kamaymadi va ularni tashrifi ikkinchi davrada ancha oshdi. Bu albatta xursand qildi. Ishqibozlarimizga rahmat aytaman.


Jamoadagi futbolchilarga ham rahmat. Ular juda qiyin sharoitlarda mardonavor o'ynashdi.


Ikkinchi davrada yaxshi o'ynadik va kerakli ochkolarni qo'lga kiritdik. Jamoamiz mavsum tugashiga uchta tur qolganida sovrinli o'rinlarni naqd qildi. Endi bizni Qarshida final bahsi kutmoqda. Ikkinchi o'rin uchun kechadigan bellashuv juda qiziqarli o'tadi. Bizning maqsadimiz OCHLga yo'llanma olish.


O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, yaxshi o'ynadik va muhim g'alabani tantana qildik. Bundanda yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Hisobni yanada kattalashtirishimiz imkoniyati bizda bo'lgandi. Umuman olganda, mavsum yakunida futbolchilar jismonan biroz charchab qolishganini ham inobatga olish kerak.


Darvozabonlar masalasi? Bizda juda yuqori raqobat mavjud. Eldor Suyunovni Lobanovdan hech kam joyi yo'q. "Paxtakor" faqat bitta frontda kurashayotgani  sababli ikkita darvozabonga imkoniyat berolmayman. Tarkibdagi ikkala darvozabon ham kuchli. Kelasi mavsum kim darvoza turishi nomalum. Hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan. Bu mavsum Lobanov darvozani yaxshi qo'riqlamoqda.


"Nasaf" bilan o'yin meni jamoadagi taqdirimni hal qiladimi? Bilmadim, buni rahbariyatdan so'rash kerak. SHunisi aniqki, meni oldimga kuchli uchtalikka kirish vazifasi qo'yilgandi.

Reyting: -85   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика