Artyom Zyuba: "Men Kapello yoki Karpin uchun emas, "Spartak" uchun o'ynayman"
02 avg 2014 01:02
Yangiliklar
Artyom Zyuba: "Men Kapello yoki Karpin uchun emas, "Spartak" uchun o'ynayman"
"Spartak" jamoasi hujumchisi chempionatning ilk turida "Rubin" darvozasiga kiritgan ikkita to'pidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Biz qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bugun gol urganimdan quvonchim cheksiz. Lekin bu bilan tezda havolanib ketish yaramaydi. Ertaga tanqidlar yomg'iriga qolib ketishim ham mumkin. Meni o'yinimga Murat Yaqin baho bergani maqulroq. Jamoadoshlarim har ikkala golimga ajoyib tarzda paslar oshirib berishdi. "Rubin" biz uchun noqulay raqib sanaladi. Yaqinning birinchi uchrashuvidayoq g'alaba qozonishimiz muhim edi. Mavsum oldi yig'inlarda biz haqimizda ko'p yozishdi, kulishgacha borishdi. Lekin mehnatlarimiz o'z samarasini ko'rsatdi. Mashg'ulotda qiyin bo'lsa, o'yinda oson bo'ladi degani shu bo'lsa kerak.
Kapelloga javobim? Men Kapello yoki Karpin uchun emas, "Spartak" uchun o'ynayman.
Fikrlar