So’nggi yangiliklar

00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  1 23:52КЧЖ. "Сиэтл Саундерс" - ПСЖ, "Атлетико" - "Ботафого"  1 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  2 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  72 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  36 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  4

Artyom Petrosyan: "Bunday o'yinlarda yutqazish alamli, ayniqsa, bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganda" Yangiliklar

Artyom Petrosyan: "Bunday o'yinlarda yutqazish alamli, ayniqsa, bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganda"

Coca-Cola Superliga 21-tur doirasidagi "Metallurg" – "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar katta murabbiyi Artyom Petrosyan fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Avvalo, betob bo'lib qolgan Jasur Birodarovich Abduraimovga tezroq sog'ayib ketishini tilayman. O'yinni ko'rdingiz, ikkinchi golni urishimiz lozim bo'lgan bir paytda raqib qarshi hujumga o'tishiga yo'l qo'yib berdik va darvozamiz tomon penalti belgilandi. Afsuski, ikki markaziy himoyachimiz jarohat oldi va o'yin yakunida gol o'tkazib yubordik. Bunday o'yinlarda yutqazish alamli, ayniqsa, bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganda. 

- Bugun darvozani nega Akmal Tursunboev emas, Vladimir Vagin qo'riqladi?

- Yosh futbolchi Vaginga imkoniyat berishni xohladik. Unga katta etiroz yo'q. Akmal Tursunboev o'tgan o'yinda xatoliklarga yo'l qo'ygandi, shu bois mashg'ulotlarda faollik ko'rsatayotgan yosh posbonimizga ishonishga qaror qildik.

- "Metallurg"ni "Qizilqum" va "Nasaf" singari kuchli raqiblarga qarshi safar o'yinlari kutib turibdi. Jamoa Pro ligaga tushib ketmasligi uchun nimalarni rejalashtiryapsizlar?

- Nima deyishim mumkin, juda qiyin holatdamiz. Superliga turnir jadvalida "xavfli hudud"ga yaqinlashib qoldik. Ishlashda davom etamiz, o'z ustimizda ishlab, keyingi o'yinlarga tayyorlanishimiz kerak. Asosiysi – taslim bo'lmaslik.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика