Artyom Kulesha yangi mavsumni "Buxoro"da o'tkazadi
04 mar 2019 12:30
Yangiliklar


Artyom Kulesha yangi mavsumni "Buxoro"da o'tkazadi
Rossiyalik legioner, himoyachi Artyom Kulesha Sankt-Peterburg futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Himoyachi «Zenit», «Rostov», «Rubin», «Dinamo» (SPB), «Znamya Truda» (Orexovo-Zuevo), «Okean» (Kerch), «Yunior» (SPB), «Kultsu» (Finlyandiya) kabi jamolarida to'p tepgan.
Kulesha fevral oyida jamoada ko'rikdan o'tib bir necha nazorat uchrashuvlarida maydonga tushgan edi. Murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirgan Artyom Kulesha jamoaga taklif qilindi.
SHuningdek ertaga "Buxoro" yig'iniga yana ikki futbolchi kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bular 2017 yil jamoa safida ajoyib mavsum o'tkazgan himoyachi, ukrainalik legioner Vladimir Baenko va o'tgan ikki mavsum jamoada o'ynab kelayotgan yarim himoyachi Ergash Ismoilov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar