Artyom Filiposyan: "Obod"ning yosh futbolchilari g'alabaga chanqoq"
12 mar 2016 22:32
Yangiliklar
Artyom Filiposyan: "Obod"ning yosh futbolchilari g'alabaga chanqoq"
"Buxoro" futbolchisi Artyom Filiposyan "Obod"ga qarshi o'yindan so'ng mikst-zonada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Raqib birinchi turda mag'lubiyatga uchragandi. Bugun ular uchun ochilish o'yini edi. Futbolchilar yosh, g'alabaga chanqoq. G'alaba qozonmoqchi edik, afsuski bu amalga oshmadi.
Mavsum endi boshlandi. Buxorodan kelgan muxlislar uchun ham g'alaba qozonmoqchi edik. Endi "Paxtakor"ga qarshi o'ynaymiz. Xudo xohlasa hali barchasi oldinda. Mehnat qilishda davom etib, qolgan o'yinlarda ham ijobiy natija qayd etamiz", - deydi Artyom Filiposyan.
Aziz To'xtamurodov

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar