So’nggi yangiliklar

20:25"Манчестер Сити" 2025/26 мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  0 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   1 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  14 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  4 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   3 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  6 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  3

Artyom Filiposyan: "Meni fikrimcha bosh hakam o'yin tizginini qo'ldan chiqardi" Yangiliklar

Artyom Filiposyan: "Meni fikrimcha bosh hakam o'yin tizginini qo'ldan chiqardi"

Milliy chempionatimizning 18-turida Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z uyida Buxoroning "Buxoro" klubini qabul qilib durang natija qayd etdi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng "Buxoro" klubi himoyachisi Artyom Filiposyan o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Biz uch ochko uchun Toshkentga kelgan edik. O'zingiz ko'rgan bo'lsangiz juda ham og'ir o'yin bo'ldi. Hakam har ikkala jamoa futbolchisiga ham qizil kartochka ko'rsatdi. G'alaba qozona olmagan bo'lsak ham durang natijani qayd etdik. o'ylashimcha "sherlar" futbolchisi jarima maydoni ichida SHavkat Salomovga nisbatan qo'pollik ishlatganida penalti bor edi deb o'ylayman. Hakamlarning qarorlarini muhokama qila olmayman. Bunday o'yinda durang natija qayd etganimizdan ko'pchilik xursand bo'ldi.

Kelasi uchraushvda Qo'qondan g'alaba bilan qaytishga umid qilamiz. Qizil kartochka haqida gapiradigan bo'lsam, "Paxtakor" futbolchisi jamoadoshimga nisbatan qo'pollik ishlatayotganda men qarab tura olmayman-ku! Jamoadoshimni tarafini oldim yo'q joydan menga ham bosh hakam qizil kartochka ko'rsatdi. Hakamning qarori shu bo'lgan bo'lsa nima ham derdim, menga ham raqib futbolchisiga ham qizil kartochka ko'rsatildi. Meni fikrimcha bosh hakam o'yin tizginini qo'ldan chiqardi. Bunday o'yinlarda hakamlar o'yin tizginini qo'ldan chiqarmaslik kerak. biz maydonda to'p tepamiz, hakamlarning qarorini muhokama qilmayman. Nima ham derdim balki meni 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilishar. Nima bo'lganda ham jamoam bilan mashg'ulotlarda shug'ullanishda davom etaman. Buxorodan kelib bizni qo'llab - quvvatlaganlari uchun muxlislarimizga katta rahmat aytaman", - deydi "Buxoro" klubi futbolchisi Artyom Filiposyan.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика