So’nggi yangiliklar

16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  0 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  6 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  5 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1

Artyom Filiposyan: “Buxoro”ga qo'ldan kelganicha yordam bermoqchiman” Yangiliklar

Artyom Filiposyan: “Buxoro”ga qo'ldan kelganicha yordam bermoqchiman”

Mavsumlar oralig'ida avvaliga “Olmaliq” ko'rigidan bo'lgan Artyom Filiposyan keyinchalik “yo'nalishini” o'zgartirib, “Buxoro” safiga borib qo'shildi.

Kuni-kecha yangi jamoasi bilan shartnoma imzolagan futbolchi shu munosabat bilan saytimizga intervyu berdi. 

- O'tgan mavsumning ikkinchi qismini o'zingiz tug'ilib o'sgan viloyat – Samarqandning “Dinamo” jamoasida o'tkazgandingiz. Bizningcha bu klubni tark etishingizga sabab jamoaning birinchi ligaga tushib ketgani bilan bog'liq bo'lsa kerak. Fikrimizga qo'shilasizmi?

- Ha, shunday. Afsuski “Dinamo” o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, kuchlilar safini tark etdi. Ayni o'ynaydigan yoshda bo'la turib, faoliyatimni birinchi ligada davom ettirishni o'zimga ep ko'rmadim. Qolaversa elitaning bir qator klublaridan takliflar bo'layotgandi. SHu bois joriy mavsumni ham yana oliy ligada o'tkazishga qaror qildim. 

- “Olmaliq” yig'inida ishtirok etib yurdingiz. Lekin keyinchalik bu jamoa bilan ham xayrlashdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Bilasizmi “Olmaliq” menga o'tgan yili ikkinchi davra arafasida ham taklif bilan chiqqandi. Ammo o'shanda xuquqiy jihatdan “Bunyodkor” o'yinchisi bo'lganim sababli “Olmaliq” transfer narximni to'liq sotib ololmagandi. “Dinamo” esa “qaldirg'ochlar” aytgan summani to'lab bergan. SHu bois keyinchalik samarqandliklar tarkibida o'ynadim. SHu yil yana “Olmaliq” menga qiziqish bildirdi. Ularning taklifi men uchun qiziq tuyuldi va ikkilanib o'tirmasdan mashg'ulotlarida ishtirok etib yurdim. Biroq shartnoma tuzish arafasida yana kelishuvga erisha olmadik. Olmaliqliklarning yig'inida bo'lgan paytlarimda menga Tachmurod Agamurodov ham taklif bilan chiqqandi va o'z jamoasida ko'rishni istayotganini bildirdi. SHunda u kishiga agarda “Olmaliq” bilan kelisha olmasam, xabar berishimni aytdim. 

- Igor SHkvirin qanday taassurot qoldirdi? Murabbiy sizni o'z jamoasida olib qolishga uringan bo'lsa kerak?

- Igor Anatolevich ajoyib inson va murabbiy ekanligiga amin bo'ldim. U kishi bilan birga-bir o'tirib, alohida gaplashdik. O'z rejalari bilan o'rtoqlashdi. Hamkorlik qilishimizni istayotganini yashirmadi. Lekin shartnomada keltirilgan ayrim bandlar meni qoniqtirmadi. Meni SHkvirin juda yaxshi tushundi va omad tiladi. U kishiga “Buxoro”dan chorlov bo'layotganini ochiq aytganimda qo'llab-quvvatladi. Futbolchining faoliyati qisqa bo'ladi va bu orada moliyaviy jihatdan ham o'ziga yarasha poydevor qo'yib olish kerakligini takidladi. SHu tariqa “Olmaliq” bilan do'stona xayrlashdik. Balki kelajakda SHkvirin birga ishlarmiz. 


- “Buxoro”ga o'tishingizga nima sabab bo'ldi?

- Tachmurod Agamurodov uchun ham “Buxoro”ning taklifini qabul qildim. Ushbu mutaxassis menga jiddiy qiziqdi va birga ishlashni taklif qildi. Tachmurod SHamakovichni ortiqcha tanishtirib o'tish shart bo'lmasa kerak. Ilgari “Paxtakor”da ishlagan kezlarida ajoyib jamoani shakllantirgan. Ko'plab iqtidorli o'yinchilarni etishtirib chiqargan. Murabbiy sifatida o'z ishining ustasi. SHu bois uning qo'li ostida o'ynab, yanada o'sishga erishishni istadim. 

- Yangi jamoangiz sizga aniq taklif bilan chiqibdida?

- Ha. 16 yanvar kuni bir yillik shartnoma imzolandi. Endi rasman “Buxoro” azosiga aylandim. 

- Jamoaga kelishingizdan oldin maqsad va vazifalar haqida gap bordimi?

- Ha, Agamurodov bu yil 5-o'rin uchun kurashish haqida o'ylayotganini bildirdi. SHunga monand tarkib tuzilmoqda. Nasib qilsa bu yil qo'limdan kelganicha “Buxoro”ga yordam bermoqchiman.

- Yangi jamoadagi ilk taassurotlaringiz qanday?

- Hammasi ko'ngildagidek. O'ylaymanki jamoaga tez kirishib keta oldim. Ilk o'yinimni ham o'tkazdik. Hammada kayfiyat yuqori. Tarkibda ilgari birga o'ynagan futbolchilar ko'p. Ruslan Melziddinov, Otabek Narzullaev, Bahodir Pardaev kabi o'yinchilarni yaxshi bilaman. Mashg'ulot jarayoni haqida esa gap-so'z bo'lishi mumkin emas. O'ylaymanki bu yil jamoa shakllanmoqda va rahbariyat tomonidan bildirilgan ishonchni oqlaymiz. 

- Sobiq jamoangiz “Nasaf”dan ham taklif tushgani haqida eshitdik. SHu rostmi?

- Ha. Lekin bilasizmi 16 yanvar kuni “Buxoro” bilan shartnoma imzolaydigan edik. SHu kuni “O'zbekiston” mehmonxonasida Ro'ziqul aka Berdiev bilan to'satdan uchrashib qoldik va u kishi shunda “Navbahor” bilan o'yinda ishtirok etishimni, so'ngra shartnoma borasida kelishish haqida taklif bilan chiqdi. Undan oldin Agamurodovga vada berib qo'yganim sababli Berdievga uzrimni aytdim va vaziyatni to'g'ri tushuntirdim. Agarda yanvar oyining boshida qarshiliklardan chorlov bo'lganida o'ylab ko'rardim. “Buxoro”ga vada berib qo'yib, “Nasaf”ga ketib qolganimda hurmatimni yo'qotib qo'yishimni tushundim va qarorimni boshqa o'zgartirmadim. Birovni norozi qilib, keyinchalik omadsizlikka duchor bo'lish ham hech gap emas. 

- Xorijga chiqish haqida o'ylab ko'rmaganmidingiz?

- Agentlar chet el klublaridan qiziqish borligini aytishganida buni o'zim istamadim. CHunki bugungi kunda institutda tahsil olyapman. O'qishni yakunlashimga bir yil qoldi. SHu boisdan ham xorijga chiqishga shoshilayotganim yo'q. Oldin o'qishni tugatib olaylik, keyin bu haqda o'ylab ko'ramiz. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика