Arturo Vidal: "Inter" ECHL finalida o'ynashni istaydi"
29 iyu 2021 00:58
Yangiliklar
Arturo Vidal: "Inter" ECHL finalida o'ynashni istaydi"
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal o'zining kelajagi haqida gapirdi.
"Murabbiy bilan uchrashdim. U menga ayrim to'g'ri gaplarni aytdi va jamoada o'zimni yaxshi his qilishimga yordam berdi. Jamoadoshlarim bilan doimo gaplashaman. Ular chin yurakdan mehnat qilib, yangi mavsumga tayyorlanishmoqda. Bu juda muhim. Oldimizda A Seriya va ECHL kutib turibdi.
O'tgan mavsum men uchun yomon o'tdi. Muammolar sababli so'nggi oylarni o'tkazib yubordim. Endi esa men 100 foizga tayyor bo'lib, Arturo Vidalning qanday ekanligini ko'rsatmoqchiman.
Klub rahbariyati bilan gaplashib oldim. Ular meni qo'llamoqda. O'z navbatida men ham ularga ishonaman.
Ushbu mavsumda ham biz Skudettoni yutmoqchimiz. SHuningdek, ECHL finalida o'ynashni istaymiz", - dedi Vidal.
Fikrlar