Arturo Vidal: "Barselona"ning maqsadi LaLiga va YCHL esa hammaning orzusi"

13 apr 2019, 23:50
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal LaLiganing 32-turida "Ueska" jamoasiga qarshi uchrashuvdan so'ng (0:0) o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Jamoa markaziy zonaga yopishib oldimi?

- Umuman boshqacha narsalar bo'ldi. Birinchidan, bugungi maydonga chiqarilgan futbolchilar bilan hujum uchligida o'ynamaganmiz. Hammasi turlicha bo'ldi, hatto o'yin sxemasi ham. Maydon quruq va quyoshli edi.

- Bahsdan avval seshanba kungi o'yinni o'ylamaslik oson bo'ldimi?

- Albatta yo'q. Biz hammamiz seshanba kuni bo'ladigan uchrashuv haqida o'yladik. Qiyin bo'ladi, ammo bizning asosiy maqsadimiz LaLiga va YCHL hammaning orzusi.

- Chempionlikdan oldin kunlarni sanaysizmi?

- Ko'plab o'ynlar mavjud. Asta-sekin boraveramiz. Hozir bor e'tiborimiz "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda", - deydi Vidal. 

O'xshash yangiliklar


Manba: AS