So’nggi yangiliklar

02:34Ла Лига. "Барселона" илк турда камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Левандовскидан дубль!  17 01:49Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Демирспор"ни мағлуб этди, Алиқулов иккинчи ўйинда ҳам гол урди!  8 01:33Роналду Суперкубокдан сўнг "Ал Насср"га кумуш медаллари бериш маросимида иштирок этмади. Криштиану 1:4 билан тугаган ўйиндан сўнг дарҳол кийим алмаштириш хонасига кетиб қолди  8 00:55"Челси" ва "Атлетико" катта алмашинувни амалга оширишга яқин (Рубен Урия)  3 00:10Роналду клуб миқёсидаги 32та финалдан 10тасини бой берди  4 23:38А Серия. Амалдаги ғолиб "Интер" чемпионатни дуранг билан бошлади, миланликлар 90+6 дақиқадаги гол сабаб ғалабани қўлдан бой беришди  1 23:20Туркия Суперлигаси. Ўзбек дербисида ғолиб номи аниқланди  5 23:16Саудия Арабистони Суперкубоги. Роналду бу сафар ҳам совринни қўлга кирита олмади, "Ал Ҳилол" яна "Ал Насср"ни тор-мор этди  49 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  12 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  9 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0

Artur Yunusov: "Vetnam chempionati men uchun begona emas" Yangiliklar

Artur Yunusov: "Vetnam chempionati men uchun begona emas"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning “Ardus” klubi sardori Artur Yunusov faoliyatini Vetnamning “Tay Son Nam” klubida davom ettiradi.

Yunusov ijara asosida Vetnam jamoasi safiga borib qo'shildi. Takidlash joiz, ushbu mamlakat futzal chempionati Artur uchun begona emas. U avval ham Vetnamda to'p tepgan edi. O'zbekiston chempionati yakunlangani bois, “Ardus” klubi rahbariyati o'z etakchisini ijaraga berishga qaror qilgan. SHu kunlarda Yunusov yangi jamoasi bilan Myanmarda o'tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik ko'ryapti. Biz navbatdagi kungi mashg'ulotlardan so'ng terma jamoamiz sardori bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- Artur, ushbu transfer qay tarzda amalga oshdi?
- Hammasi oddiy. Vetnam klubi “Ardus” jamoasi rahbariyatiga mening transferim yuzasidan murojaat qildi. Ikki klub o'rtasidagi uzoq davom etmagan muzokaralardan so'ng transferim amalga oshdi. Vetnam chempionati men uchun begona emas. O'tgan yili ham shu mamlakatda va aynan “Tay Son Nam” klubi sharafini himoya qilgan edim. Darvoqe, o'tgan yili biz klublar o'rtaisdagi Osiyo chempionatida ishtirok etgandik. Bu safar Vetnam nomidan boshqa klub qatnashadi. “Tay Son Nam” chempionlikka erisha olmadi. Bu yil ham ijara asosida o'ynayman.





- “Tay Son Nam” rahbariyati sizni taklif qilishdan qanday maqsadni ko'zlagan?
- Jamoa xalqaro turnirda ishtirok etadi. SHu maqsadda tarkib kuchaytirilgan.

- Klubda sizdan boshqa legionerlar ham bormi?
- Ha, bor. Ispaniyalik futzalchi ham jamoaga taklif qilingan. U ham o'tgan yili men kabi Osiyo chempionatida “Tay Son Nam” sharafini himoya qilgan edi. Klubimiz rahbariyati uning imkoniyatlarini yaxshi bilgani uchun ham bu yil yana jamoaga taklif qildi.  

- Sizga bu taklifning qaysi jihatlari maqul keldi?
- Birinchi galda klub manfaati. “Ardus” uchun ham yaxshi taklif bo'ldi. Qolaversa, legioner sifatida o'ynash hamisha yoqimli bo'lgan. Vetnam chempionati men uchun begona emas. U erning past balandliklarini yaxshi bilaman.



- O'tgan yili ham bu chempionatda o'ynaganman, deb aytdingiz. Bir yil ichida u erda nimalarda o'zgarish sezdingiz?
- Katta o'zgarish yo'q. CHempionat saviyasi oshganmi, yo'qmi, buni hozircha bilmayman. CHunki, ayni paytda chempionat tanaffusga chiqqan. Yangi mavsum boshlangani yo'q. Jamoa bilan bitta turnirda qatnashishga ulgurdim. Umuman olganda, yomon emas. Bilganim, Vetnamda futzalga bo'lgan munosabat tubdan o'zgargan. Terma jamoa Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHuning o'ziyoq Vetnamda futzal saviyasi oshganligini ko'rsatib turibdi. Mamlakat terma jamoasi mundialga chiqqanidan keyin futzalga bo'lgan qiziqish yanada oshgan.

- Sizni qanday qarshi olishdi?
- Kutganimdan ham alo. Boisi, murabbiylar shtabi, futzalchilar, klubi ishchilari, barcha-barchani yaqindan bilaman. Ular ham meni hurmat qilishadi. SHu sababli juda iliq tarzda kutib olishdi. Moslashish borasida ham hech qanday muammo bo'lgani yo'q.

- Hozir qaerda yashayapsiz?
- Alohida kvartira berishdi. SHu erda yashayapman (kuladi).



- Mashg'ulotlar qay tarzda davom etyapti?
- Oldindan belgilangan dastur asosida mashg'ulotlarni o'tkazyapmiz. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar belgilangan. Kunora trenajer zalida ishlayapmiz. Hozir murabbiylar asosiy etiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratishgan. SHu boisdan ham, ko'proq “yuklamalar” berishyapti.  

- “Olmaliq” jamoasi tez orada klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Qura natijasi hamda O'zbekiston chempionlarining guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Osiyo chempionatida kuchsiz raqiblar bo'lmaydi. “Olmaliq” jamoasi ham “sovg'a” emas. Klub tarkibida terma jamoamizning asosiy tarkib futzalchilari to'p tepishadi. Bilishimcha, “Ardus” klubining ikki o'yinchisi ham ijara asosida “Olmaliq” safiga borib qo'shilgan. Ular jamoa o'yinini yanada kuchaytirishlari aniq. Quraga kelsak, Eron jamoasi juda kuchli. Bu jamoa klublar o'rtasidagi amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi. Livan chempioni ham jiddiy raqib. Ikkinchi yo'llanma uchun kurash “Olmaliq” va Livan chempionlari o'rtasida kechsa kerak. Fursatdan foydalanib, “Olmaliq” jamoasiga omad tilayman. Bu klub tarkibida ko'plab do'stlarimiz to'p tepishyapti. Agar “Olmaliq” guruhdan chiqib olsa, pley-off bosqichi Tailand yoki Yaponiya chempionlari bilan to'qnash keladi. Ko'rib turganingizdek, qura unchalik ham omadli kelmagan.

- “Tay Son Nam” oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Yangi mavsum uchun qanday vazifa qo'yilgani menga malum emas. Hozir Myanmarda o'tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Vetnam klubi tarkibida uzoq qolib ketmayman. Oldinda terma jamoamizning yig'inlari, o'rtoqlik uchrashuvlari bor. Bor etiborimiz milliy terma jamoa tarkibidagi mashg'ulotlarga qaratiladi. O'zimiz uchun tarixiy bo'lgan jahon chempionatining final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz shart.   

- Til masalasida qiylanmayapsizmi?
- Bu borada muammo yo'q. Murabbiyimiz ingliz tilida gaplashadi.

  Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика