Futzal. "Lokomotiv" Artur Yunusovni o'z safiga qo'shib oldi

Aziz Tukhtamuradov
28 noya 2017, 15:02
O'zbekistonning eng mohir futzalchilaridan biri Artur Yunusov o'z jamoasini o'zgartirdi.

Mahoratli futzalchi endilikda poytaxtimizning "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qiladi. Bugun Artur Yunusov "temiryo'lchilar" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Takidlash joizki, Artur Yunusov ilgari "Olmaliq", "Ardus" kabi yurtimizning yetakchi futzal jamoalari safida faoliyat olib borgan. Shuningdek, O'zbekiston futzal terma jamoasi safida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz